189
shaxs qilib tarbiyalashga ustuvor o‘rin berib kelinmoqda. Bo‘lajak
o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalash pedagogik fanlarni
o‘rganish jarayonida (tizimida) (o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik va bir-
birini to‘ldirish) amalga oshiriladi va bunda ajdodlarning milliy badiiy
merosi - ma’naviy-estetik qadriyatlariga asoslanadi hamda shaxsga
yo‘naltirilgan pedagogika, nazariy-pedagogik asoslar, ta’limdagi yangi
yo‘nalishlar va innovatsiyalardan mo‘ljal olib, o‘zbek xalqining tarixiy-
madaniy merosidan foydalanib, sifatli pedagogik kadrlar tayyorlash
takomillashtiriladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning etakchi
g‘oyasi. Tarbiyaning asosiy qonunini “keksa avlodlarining ijtimoiy
tajribasini majburiy va zaruriy ravishda o‘rganishni taqozo qiladi,
chunki u yosh avlodni jamiyat hayotiga qo‘shishni va avlodlar
o‘rtasidagi davomiylikni, jamiyatni, shaxsni qo‘llab-quvvatlashni va
har bir insonning muhim kuchlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi”
[141, 93]. Ushbu qonun asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-
estetik tarbiyalash tartibi, xususiyatlari va mazmuni, uning ijtimoiy
yo‘nalishi, shaxsiy yondashuvi, pedagogika OTM talabalarini
ma’naviy-estetik tarbiyalashga oid etakchi g‘oyasi shakllantirildi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning milliy-badiiy qadriyatlar asosida tegishli
kasbiy va shaxsiy ma’naviy-estetik tarbiyalash omili sifatida bo‘lajak
mutaxassislarning pedagogik tayyorgarligi takomillash-tiriladi.
Kerakli glossariy (lug‘at) - bu aniq “konseptual makon”dir. Quyidagi
tushunchalar ko‘rib chiqiladi va integratsiyalashtiriladi: “ma’naviyat:
vazi falari, mohiyati”, “ma’naviyatning tuzilishi, uning tarkibiy qism-
lari”, “ma’naviy hayot”, “ma’naviy rivojlanish”, “ma’naviy tarbiya”,
“ma’naviy-estetik tarbiya”, “bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-
estetik tarbiyasi”, “estetika”, “estetik qadriyat”, “estetik madaniyat”,
“badiiy qadriyat”, “badiiy meros”, “abadiy qadriyatlar”, “milliy-badiiy
meros”.
Talabalar - bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-estetik tarbiyalashning
maqsadi, vazifalari, motivi, rag‘batlari, mazmuni, manbalari.
Dostları ilə paylaş: