Sinflar va obyektlar. Sinflar va obyektlar bilan ishlash xususiyatlari


Konstruktorlar. Konstruktorlar bu sinf komponenta funksiyalari bo‘lib, ob’ektlarni avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi



Yüklə 41 Kb.
səhifə2/2
tarix06.05.2023
ölçüsü41 Kb.
#126475
1   2
Sinflar va obyektlar. Sinflar va obyektlar bilan ishlash xususiy

Konstruktorlar. Konstruktorlar bu sinf komponenta funksiyalari bo‘lib, ob’ektlarni avtomatik initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi.


Konstruktorlar ko‘rinishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Sinf nomi (formal parametrlar ro‘yxati)
{konstruktor tanasi}
Bu komponenta funksiya nomi sinf nomi bilan bir xil bo‘lishi lozim.
Misol uchun complex sinfi uchun konstruktorni quyidagicha kiritish mumkin :
complex (double re = 0.0; double im = 0.0 )
{real=re; imag=im;}

Konstruktorlar uchun qaytariluvchi tiplar, xatto void tipi ham ko‘rsatilmaydi. Dasturchi tomonidan ko‘rsatilmagan holda ham ob’ekt yaratilganda konstruktor avtomatik ravishda chaqiriladi.


Masalan ob’ekt complex cc; shaklida aniqlangan bo‘lsa, konstruktor avtomatik chaqirilib
real va imag parametrlari avtomatik ravishda 0.0 qiymatlariga ega bo‘ladi.
Ko‘zda tutilgan holda parametrsiz konstruktor va quyidagi tipdagi nusxa olish konstruktorlari yaratiladi: T :: T (const T&)
Misol uchun
class F
{...
public : F(const T&)
...
}
Sinfda bir nechta konstruktorlar bo‘lishi mumkin, lekin ularning faqat bittasida parametrlar qiymatlari oldindan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Konstruktor adresini hisoblash mumkin emas. Konstruktor parametri sifatida o‘z sinfining nomini ishlatish mumkin emas, lekin bu nomga ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin.
Konstruktorni oddiy komponenta funksiya sifatida chakirib bo‘lmaydi. Konstruktorni ikki xil shaklda chaqirish mumkin :
Sinf_nomi .Ob’ekt_nomi (konstruktor_xaqiqiy_parametlari)
Sinf_nomi (konstruktor_xaqiqiy_parametlari)
Birinchi shakl ishlatilganda xaqiqiy parametrlar ro‘yxati bo‘sh bo‘lmasligi lozim. Bu shakldan yangi ob’ekt ta’riflanganda foydalaniladi:
complex SS(10.3; 0.22)
// real=10.3; SS.imag= 0.22;
complex EE (2.3)
// EE . real= 2.3;
EE.imag= 0.0;
complex D() // xato
Konstruktorni ikkinchi shaklda chaqirish nomsiz ob’ekt yaratilishiga olib keladi. Bu nomsiz ob’ektdan ifodalarda foydalanish mumkin.
Misol uchun :
complex ZZ= complex (4.0;5.0);
Bu ta’rif orkali ZZ ob’ekt yaratilib, unga nomsiz ob’ekt qiymatlari(real= 4.0; imag= 5.0) beriladi;
Konstruktor nomi sinf nomi bilan bir xil bo‘lishi lozimdir. Misol uchun siz employee sinfdan foydalansangiz, konstruktor ham employee nomga ega bo‘ladi. Agar dasturda konstruktor ta’rifi berilgan bo‘lsa ob’ekt yaratilganda avtomatik chaqiriladi.
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin