Idoraviy yozishmalarga oid qog‘ozlar, chunonchi, ma’lumotnoma, tilxat, chaqiriq hati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtamplar, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllar idoraviy yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi. Bu holat idoraviy ish qog‘ozlarining vazifasi va xarakteridan kelib chiqadi. Nutqiy shtamplar matnga rasmiylik tusini kiritadi. Rasmiy e’lon va xabarlar ham qisqa, sodda, ravon va tezda anglashilarli bo‘lishi talab qilinadi.
Hujjat va uning turlari.
Нujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlar sanaladi.
Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi).Bundan tashqari hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi.Mazmuniga ko‘ra: sodda hujjatlar (bir masalani o‘z ichiga oladi), va murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi).Mazmun bayonining shakliga ko‘ra: xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga xos, betakror, erkin bayon; namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi; qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.