Soliq akademiyasi


Moliyaviy natijalar shakllanishi va taqsimlanishini tekshirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə188/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209
Soliq akademiyasi

4. Moliyaviy natijalar shakllanishi va taqsimlanishini tekshirish.
Auditor moliyaviy natijalarni shakllanishini kuyidagi buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlar orqali tekshiradi: 9000-«Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari», 9300-«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi schyotlari», 9500-«Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobi schyotlari», 9700 - «Favkulotda foyda (zarar)lar hisobi schyotlari», 9800 — «Soliqlar va yig’imlarni to’lash uchun foydaning ishlatilishi hisobi schyotlari», 9900 — «Yakuniy moliyaviy natija» va boshqa schyotlar.
Asosiy faoliyatdan daromadlar tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishdan olingan daromadlar, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlardan iborat. Ushbu daromadlar 9010 - «Тayyor maxsulotni sotishdan olingan daromadlar», 9020 - «Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030 - «Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» schyotlarning kreditida va 4010 - «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan tovarlar, 5110 — «Hisob-kitob schyotining» debetida aks ettirilgan bo’ladi. Naqd pulga sotilgan tovarlar, tayyor mahsulotlardan olingan tushumlar esa bevosita 5010, 5020 schyotlarda ifodalangan bo’ladi. Realizatsiyadan olingan daromadlar oy oxirida yakuniy moliyaviy natijalar schyotiga o’tkazilgan bo’ladi.
SHu maqsadlarda auditor 9010 — «Тayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» (9020,9030 schyotlar bo’yicha ham) schyotining debetidagi yozuvlar bilan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining kreditdagi yozuvlarni o’zaro solishtirib ko’radi. Ushbu ma’lumotlar Bosh kitob, aylanma qaydnomalari va «moliyaviy hisobot» dagi 2-shakl: «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» ko’rsatkichlari bilan taqkoslanadi. Daromadlarning auditi jarayonida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, ya’ni asosiy vositalarni sotishdan olingan daromadlar (9310 - schyot), boshqa aktivlarni sotishdan olingan daromadlar (9320 - schyot), undirilgan jarimalar (9330 - schyot), boshka asosiy faoliyatning daromadlari (9340, 9390 -schyot bo’yicha) tekshirilib chiqiladi. Undirilgan jarimalar pul mablag’larini hisobga olib borilgan schyotlarda (5110, 5210, 5220) ifodalangan bo’ladi. Oy oxirida ushbu daromadlar ham 9900 - moliyaviy natija» schyotiga o’tkazilgan bo’ladi. Auditor ushbu operatsiyalarning-buxgalteriya hisobi schyotlarnida to’g’ri aks ettirilganligiga e’tiborini kuchaytirishi kerak.
Moliyaviy natijalarni audit qilish jarayonida korxonaning moliyaviy barqarorlik ko’rsatgichlari tahlil qilinadi va tegishli tavsiyalar beriladi. Korxonaning moliyaviy holatini baholovchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

Moliyaviy natija – hisobot davridagi foyda yoki zarardir. Rentabellik - samaradorlik ko’rsatkichi hisoblanadi. Auditor moliyaviy natijani tekshirish jarayonida xarajatlar tarkibga kiritilgan foyda (zarar) ko’rsatkichiga ta’sirini aniqlashi kerak.
Korxona foydasi muhim sifat ko’rsatkichlardan bo’lib resurslardan samarali foydalanganlikni ifodalaydi. Olingan foyda miqdoriga qarab aktivlarning rentabelligini bilish mumkin.
Audit jarayonida aktivlarning turlari bo’yicha rentabellik darajasi tahlil qilingan foydani yanada oshirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin