Soliq akademiyasi


Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə189/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   209
Soliq akademiyasi

5. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakllanishi 2-son «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli BHMS bilan tartibga solinadi.
Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo’jalik yurituvchi sub’ekning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o’z sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lagan ko’payishlarni istisno etganda, o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi. Тayyor maxsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9010 "Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad"
9020 "Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar"
9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar"
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
9050 "Хaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar"
Yuqorida keltirilgan 9010 "Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020" "Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlar tranzit schyotlar hisoblanib, ko’payishi kreditida kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Хaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar" schyotlari kontrpassiv schyot bo’lib 9010 "Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlar summasini korrektirovka qilib turadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi:

  • sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chikarilgan tayyor mahsulot va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot;

  • sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar;

  • sanoat tusiga ega bo’lmagan ishlar va xizmatlar;

  • sotib olingan buyumlar;

  • qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o’xshash ishlar;

  • savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari;

  • transport tashkilotlarining yuk va odamlar tashish bo’yicha xizmatlari;

  • yengil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib-borib berish xizmatlari;

  • transport ekspeditsion va yuklash-tushirish operatsiyalari;

  • aloqa korxonalari xizmatlari va h.k.

Hisobot davriga tegishli bo’lgan oldingi davrda olingan daromadlar summasiga pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6210 «muddati uzaytirilgai daromad» yoki 6310 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi.
Sanoat va qishloq xo’jligi korxonalari, mol yetkazib yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9010 Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schetlari kreditlanadi.
Kelgusida yuklab jo’natilagn mahsulot, ko’rsatiladigan xizmat va bajariladigan ishlar uchun; oldindan olingan avanslar summasi ushlab qolinganda 6210 va 6310 schyotlari debetlanib 4010-schyot kreditlanadi. Yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag’lari tushganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4010 «Хaridorlar va buyur-machilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi.
9010 "Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlarning kredit hisobot davri oxirida quyidagi provodkalar bilan 9900- schyotiga o’tkaziladi:
Dt 9010, 9020, 9030-schyotlar
Kt 9900 «yakuniy moliyaviy natija».
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Хaridor va buyurtmachilarga berilgan-chegirmalar, schyotlarida sotilgan tovarlarning qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishda" chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma ana shu kabilarni hisobga olish uchun belgilanadi. Bu schyot kontrpassiv bo’lib, uning debet oboroti moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yalpi sotilgan mahsulotdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schyotning debetida muomalalar quyidagi hollarda aks ettiriladi:
buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 5010, 5110, 5210 schyotlari.
Kreditga sotilgan tovarlar qaytarib olinganda:
Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi"
Kt 4010 «Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» yoki 4110 Alohida bo’linmalardan olinadigan schyotlar».
Qaytarib omborga qabul qilingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga usulida quyidagicha provodka beriladi:
Dt9110, 9120, 9130 schyotlar Kt 2810, 2910, 2920 schyotlar
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo’yicha hisoblangan QQS summasiga quyidagicha provodka beriladi:
Dt 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» Kt 4010 yoki 4110 schyoti.
Hisobot davrining oxirida 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schyotining debet saldosi quyidagi provodka bilan yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi:
Dt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt 9040 "Sotilgan tovarlarning kaytarilishi"
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladigan (9010 "Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar", 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi", 9050 "Хaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar") schyotlar bo’yicha analitik hisob sotilgan mahsulot (tovar), bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni har bir turi bo’yicha yuritiladi. Bundan tashqari, bu schyotlar bo’yicha analitik hisob ishlab chiqariishi boshqarish maqsadida sotilish jo’g’rofiy segmentlari va boshqa segmentlari bo’yicha yuritilishi mumkin.
Тayyor mahsulotni xaridorga jo’natish xaridor bilan avvaldan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo’natiladigan mahsulotni muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari aks ettiriladi. Auditor shartnomalardagi shart-sharoitlarni to’liq aks ettirilishini tekshiradi. Undan tashqari mahsulot jo’natilishi hisob schyot-faktura, chiqim yukxati to’lov-talabnomasi va boshqa hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi.
Mahsulot jo’natilganda uning sotilishi narxi to’g’ri hisoblanishi, ya’ni unga qo’shilgan qiymat, aksiz va boshqa soliqlar qiymati, mahsulotni xaridorga yetkazish uchun sarflanadigan transport tayyorlov xarajatlari summasi qo’shilishi tekshiriladi.
Auditor jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi to’g’ri aniqlanishini tekshiradi. Buxgalteriya hisobini milliy standartlariga binoan mahsulot jo’natilgan vaqtidan boshlab sotilgan deb hisoblanadi.
Тayyor mahsulot xaridorlarga jo’natilganda uning haqiqiy tannarxi noma’lum bo’ladi, chunki uning haqiqiy tannarxi oyning oxirida aniqlanadi. shuning uchun joriy hisobda jo’natilgan tayyor mahsulotlar hisob narxlarida rasmiylashtiriladi.
Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari qo’llaniladi. Hisobot davrining oxirida jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi.
Jo’natilgan tovarlar va tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqlash (ming so’m)




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin