Soliq akademiyasi


Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə201/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   209
Soliq akademiyasi

3. Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi.
Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (14-modda). Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi. shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekistan Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin