Soliq akademiyasi


Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə77/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209
Soliq akademiyasi

Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, hisob-ning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning hara-katiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish ma-salalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;

  2. korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi;

  3. asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari;

  4. buxgalteriya hisobotlari;

  5. asosiy vositalarni qabul qilishtopshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl);

  6. ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul qilishtopshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);

  7. asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);

  8. avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl);

  9. asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);

  10. asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 shakl);

  11. asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);

  12. asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 shakl).

Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqo-niyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri to’lg’azilganligini aniqlaydi.
Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur:

  1. ob’ektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag’lar qato-riga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari;

  2. qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar ro’yxati;

  3. asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari;

  4. asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi;

  5. hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda tutilganligi;

  6. asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari;

  7. asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasida belgilangan schyotlar ro’yxati.

Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo’llaniladigan va tekshiruvda auditor tomo-nidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo’llanilayotgan shakliga bog’liq. Ularga 0110-0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo’yicha oborot vedo-mostlari, saldo vedomostlari kiradi.
Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to’g’risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi:

  1. buxgalteriya balansi (1-shakl);

  2. moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);

  3. pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl);

  4. xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);

  5. izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.

Buxgalteriya balansi (1-shakl)da korxonaga mulkiy huquq asosida, tezkor boshqaruv va xo’jalik yuritish uchun taalluqli bo’lgan asosiy vositalar I - «Uzoq muddatli aktivlar» bo’limidagi «Asosiy vositalar» moddasida boshlang’ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo’yicha batafsil beriladi. Asosiy vositalar balansda HETTO bahosi ya’ni qoldiq qiymati bo’yicha aks etti-riladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar ob’ektlaridan tashqari).
«Asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot» (3-shakl) bo’-yicha quyidagilar to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi:

  1. asosiy vositalar alohida turlarining hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi hamda hisobot davri davomidagi harakati (kirimi, chiqimi). Asosiy vositalar dastlabki qiymati (tiklash qiymati) bo’yicha ko’rsatiladi;

  2. barcha asosiy vositalar, shuningdek ularning ayrim guruh-lari: binolar va inshootlar, mashinalar, qurilmalar, transport vositalari va boshqalar;

  3. butunligicha yoki ayrim turlari (binolar, inshootlar va hokazo) bo’yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshiga va oxiriga mavjudligi;

  4. konservatsiyaga qo’yilgan asosiy vositalarning hisobot davri boshi va oxiriga mavjudligi.

Moliyaviy hisobotga tushuntirish va izohlarda №1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) dagi qoidalardan kelib chiqib, quyidagilar to’g’risidagi axborotlar bayon qilinadi (ochib beriladi):

  1. asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga qabul qilingandagi qiymatining o’zgarishi (qo’shimcha qurish, qo’shimcha jihozlash, qayta jihozlash va qisman tugatish hollari ham qo’shilib);

  2. korxonada asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatlarini belgilash (asosiy guruhlari bo’yicha);

  3. qiymati qoplanmaydigan (amortizatsiya qilinmaydigan) asosiy vositalar;

Aniqlangan xatolar auditorlik hisobotida tafsilotlari bilan aks ettirilishi lozim. Zarur hollarda auditor qaramaqarshi tekshiruv o’tkazishi ham mumkin.
Amaliyotda asosiy vositalar harakatiga oid muomalalarini ixtiyoriy shakldagi (o’zboshimcha tuzilgan) hujjatlar bilan rasmiylashtirish kabi qonunbuzarlik hollari ham ko’plab uchraydi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin