«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə36/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Qisqacha xulosalar:
Sosiologiya tarixida jamiyat – o’z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Ananaviy jamiyatda iqtisodiy masalalar insonning tabiatga bevosita munosabati orqali hal qilingan bo’lsa, industrial jamiyatda inson tomonidan yaratilgan suniy ishlab chiqarish vositalari iqtisodning asosini tashkil etadi. Shu boisdan ham bu jamiyat iqtisodiy jamiyatdir. U iqtisodiy munosabatlarni belgilaydi. Hozirgi iqtisodiyot ijtimoiylashib bormoqda. Intellektual salohiyat asosiy o’ringa chiqib bormoqda.
Fuqarolik jamiyatining barqarorligini taminlovchi shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmaydi. Bular jumlasiga jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning turlicha manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy strukturalar mavjud bo’lishi lozimligi kiradi.


Mavzu bo’yicha tayanch atamalar:

Jamiyat, farovonlik (mo’l-ko’llik) jamiyati, istemol qilish jamiyati, ochiq va yopiq jamiyat, industrial (sanoat) jamiyati, totalitar jamiyat, avtoritar jamiyat, demokratik jamiyat, ijtimoiy tuzilma.




Nazorat uchun savollar:



  1. Fransuz faylasufi O. Kontning sosiologik fikrlar rivojida o’rni qanday?

  2. Spenserning «bir maromdagi» evolyusionizm g’oyasi haqida nimalar bilasiz?

  3. Ye. Dyurkgeym va uning «sosiologizm » g’oyasi.

  4. M. Veberning sosiologik qarashlari.

  5. Georg Zimmelning sosiologik qarashlari.

  6. Al-Motrudiy va uning ideal jamiyat to’g’risidagi qarashlari.

  7. Al-Forobiy va uning ideal jamiyat to’g’risidagi qarashlari.

  8. Al-Beruniy va uning sosiologik qarashlari

  9. Ibn Sino va uning sosiologik qarashlari

  10. Yusuf Xos Xojib va va uning jamiyat to’g’risidagi qarashlari.

  11. Pareto jamiyat haqidagi fikrlari

  12. Tomas Gobbs, Jon Lokk, Lui de Monteskye qarashlari

  13. Jamiyat turlari qanday?




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin