«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Ijoddan “sanat bilan shug’ullanishga ”



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə42/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Ijoddan “sanat bilan shug’ullanishga ”.
Ijtimoiy institutlarning turlari va funksiyalari. Har bir institut o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy vazifani bajaradi. Ushbu ijtimoiy vazifalarning yig’indisidan ijtimoiy tizimning muayyan ko’rinishi sifatidagi ijtimoiy institutlarning umumiy ijtimoiy vazifalari yig’ilib boradi. Mazkur vazifalar turli-tumandir. Turli yo’nalishda faoliyat yurituvchi sosiologlar ularni tasniflashga, ularni tartibga solingan muayyan tizim sifatida tasavvur qilishga urinib ko’rishgan. «Institusional maktab» uning eng to’liq va qiziqarli tasnifini taqdim etadi. Sosiologiya fanining institutlashtirish maktabi vakillari (S.Lipset; D.Landberg va boshq.) Sosial institutlarning to’rtta asosiy vazifasini ajratadi:
1) Jamiyat azolarini ko’paytirish. Oila ushbu vazifani bajaruvchi asosiy institut hisoblanadi, ammo unga davlat kabi boshqa institutlarning ham aloqasi bor.
2) Ijtimoiylashuv – individlarga ushbu jamiyatda o’rnatilgan xulq-atvor va faoliyat usullarining namunalarini berish – oila, talim, din va boshqa institutlar.
3) Ishlab chiqarish va taqsimlash. Boshqaruv va nazorat kabi iqtisodiy-ijtimoiy institutlar tomonidan taminlanadi – hokimiyat organlari.
4) Boshqaruv va nazorat vazifasi xulq-atvorning tegishli turlarini amalga oshiruvchi ijtimoiy meyorlar va ko’rsatmalar tizimi orqali amalga oshiriladi: axloqiy va huquqiy meyorlar, urf-odatlar, mamuriy qarorlar va hokazo. Sosial institutlar individning xulq-atvorini rag’batlar va sanksiyalar tizimi orqali boshqaradi.
Sosial institutlar bir-biridan o’zining funksional sifatlari bilan farq qiladi:
1) Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar – mulk, ayirboshlash, pullar, banklar, turli tipdagi xo’jalik birlashmalari – iqtisodiy hayotni ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan birlashtirgan holda ijtimoiy boylikni ishlab chiqarish va taqsimlashning butun yig’indisini taminlaydi.
2) Siyosiy institutlar – davlat, partiyalar, kasaba uyushmalari va siyosiy hokimiyatning muayyan shaklini o’rnatish va saqlab turishga yo’naltirilgan siyosiy maqsadlarni ko’zlovchi boshqa turdagi jamoat tashkilotlari. Ularning yig’indisi ushbu jamiyatning siyosiy tizimini tashkil etadi. Siyosiy institutlar mafkuraviy qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni va turg’un saqlanishini taminlaydi, jamiyatdagi yetakchi ijtimoiy-sinfiy tuzilmalarni barqarorlashtiradi.
3) Ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy institutlar o’zlariga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o’zlashtirish va ularni aks ettirishni, individlarni muayyan submadaniyatga kiritishni, xulq-atvorning turg’un ijtimoiy-madaniy andozalari orqali individlarni ijtimoiylashtirishni va nihoyat, muayyan qadriyatlar va meyorlarni himoya qilishni maqsad qilishadi.
4) Meyoriy-yo’naltiruvchi institutlar – individlarni axloqiy-yetik yo’naltirish va ularning xulqini boshqarish mexanizmlari. Ularning maqsadi xulq-atvor va motivasiyaga manaviy dalilni, etik asosni berishdan iborat. Ushbu institutlar hamjamiyatda imperativ umuminsoniy qadriyatlarni, maxsus kodekslar va xulq etikasini tasdiqlaydi.
5) Meyoriy-tasdiqlovchi institutlar – yuridik va mamuriy hujjatlarda biriktirilgan meyorlar, qoidalar va ko’rsatmalar asosida xulq-atvorni ijtimoiy jihatdan tartibga solishdir. Meyorlarning majburiyligi davlatning majburiy kuchi va tegishli sanksiyalari tizimi bilan taminlanadi.
6) Tantanali-ramziy va vaziyatli-konvensional institutlar. Ushbu institutlar konvensional (shartnoma bo’yicha) meyorlarni u yoki bu darajada uzoq qabul qilishga, ularning rasmiy va norasmiy mustahkamlanganligiga asoslangan. Ushbu meyorlar kundalik o’zaro aloqalarni, guruhli va guruhlararo turli tuman xulq-atvor aktlarini tartibga soladi. Ular bir-birining xulq-atvor tartibi va usulini aniqlaydi, axborot berish va almashish, salomlashish, murojaat qilish usullari va h.k.ni, yig’ilishlar, majlislar reglamenti, biror bir birlashmalar faoliyatini aniq qatiy belgilaydi.
Jamiyat yoki hamjamiyat sifatida chiqadigan ijtimoiy muhit bilan o’zaro meyoriy aloqaning buzilishi ijtimoiy institut disfunksiyasi deyiladi. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirish konkret Sosial institutning shakllanish va faoliyat yuritish asosi hisoblanadi. Ijtimoiy jarayonlarning jadal kechishi, ijtimoiy o’zgarishlar suratining tezlashishi sharoitlarida, o’zgargan ijtimoiy ehtiyojlar tegishli Sosial institutlar tuzilmasi va funksiyalarida mos tarzda aks etmaydigan vaziyat yuzaga kelishi mumkin. Ularning faoliyati natijasida disfunksiya vujudga kelishi ehtimoli bor. Mazmun nuqtai-nazaridan disfunksiya institut faoliyati maqsadining ravshan emasligida, funksiyalarning noaniqligida, uning ijtimoiy nufuzi va obro’sining tushib ketishida, uning alohida funksiyalarining «ramziy», marosimiy faoliyatgacha, yani oqilona maqsadga erishishga yo’naltirilmagan faoliyatda ifodalanadi.
Sosial institut faoliyatining shaxsiylashuvi uning disfunksiyasining yaqqol ifodasidan biri hisoblanadi. Malumki, Sosial institut o’zining obyektiv harakat qiluvchi mexanizmlari bo’yicha faoliyat ko’rsatadi. Bunda har bir kishi meyor va xulq-atvor namunalari asosida o’z mavqyeyiga mos ravishda muayyan rolni o’ynaydi. Ijtimoiy institutni shaxsiylashtirish alohida shaxslarning manfaati, ularning shaxsiy sifatlari va fazilatlariga qarab o’z funksiyalarini o’zgartirgan holda obyektiv ehtiyojlar va obyektiv ravishda belgilangan maqsadlarga muvofiq tarzda harakat qilishdan to’xtaydi. Qondirilmagan ijtimoiy ehtiyoj institut disfunksiyasini to’ldirishga intiluvchi meyoriy tarzda tartibga solinmagan faoliyat turlarining stixiyali paydo bo’lishini mavjud meyor va qoidalarni buzish hisobiga yuzaga keltirishi mumkin. Bunday turdagi keskin shakllarga ega bo’lgan faollik huquqqa zid faoliyatda ifodalanishi mumkin.
Xususan, bazi iqtisodiy institutlarning disfunksiyasi «yashirin iqtisodiyot» mavjud bo’lishining sababchisiga aylanadi, chayqovchilik, poraxo’rlik, o’g’irlik va hokazolarga olib keladi. Disfunksiyani tuzatishga Sosial institutning o’zini o’zgartirish yoki mazkur ijtimoiy ehtiyojni qondiradigan yangi ijtimoiy institutni yaratish yo’li bilan erishish mumkin. Tadqiqotchilar Sosial institutlar mavjudligining ikkita shaklini ajratishadi: oddiy va murakkab. Oddiy Sosial institutlar – kishilarning tartibli birlashmalari bo’lib, ular institut azolari tomonidan ijtimoiy qadriyatlar, ideallar, meyorlarga bog’liq bo’lgan o’zlarining ijtimoiy rollarini bajarishlari asosida birgalikda maqsadga erishishni taminlovchi muayyan ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajarishadi. Ushbu darajadagi boshqaruvchi tizim mustaqil tizimga ajralmagan. Ijtimoiy qadriyatlar, ideallar, meyorlarning o’zi ijtimoiy institut mavjudligining turg’unligini va faoliyat yuritishini taminlaydi. Shuningdek Sosial institutlar rasmiy va norasmiylarga, funksiyalar esa yaqqol va yashirinlarga bo’linadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin