«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə49/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

R.Feris, Tiriakyan, T.Shibutani va boshqalarning fikricha, deviant xulq-atvor Sosial buzilishilar natijasidir. Ijtimoiy ziddiyatlar talimotiga ko’ra, Sosial tizimda begona madaniyatga asoslangan madaniy xulq-atvor namunalari meyor buzuvchi xulq-atvordir.
Amerika Sosiologiyasida e.Saterlendning differensial, katta o’rin tutuvchi talimotlardan biri aloqalar talimotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvorga, shu jumladan meyor buzuvchi xulq-atvorga ham u ham o’rganiladi, yani mavjud jamiyat azolari tomonidan mazkur xulq-atvor meyorlari boshqalarga o’rgatiladi.
Fenomenologik Sosiologiya namoyondalarining etirof etishlaricha, sosiologik taxlil “ yorliq yopishtirishga” asoslanishi kerak. Ularning fikricha, meyor buzish Sosial baho va sanksiya qo’llash natijasidir.
Interaksionizm nazariyasiga ko’ra, (vakillari Bekker G, D.Kisus, K.Yerikson va boshqalar) xodisani salbiy va ijtimoiy xavfli deb baxolash nisbiy bo’lib, buni jamiyatdagi xukmron guruhlar belgilaydi. Shafqasiz jamiyat himoyasiz insonni jinoyatchi qilib qo’yib, ezaveradi.
Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag’bat- libido yotadi. Barcha atrofimizdagi voqyea-hodisalarni jinsiy rag’bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti eros va o’lim instinkti-tanatos o’rtasidagi kurash natijasi bo’lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto’g’ri xulq-atvor ham, jinsiy rag’bat va yashash uchun kurash natijasidir.
Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan talimot zamonaviy Sosiologiyada yetakchi o’rin tutadi. e.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha tarif beradi; “Deviant xulq-atvor jamiyatda elon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo’lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo’lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.
1. Bo’ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).
2. Innovasiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).
3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).
4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).
5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o’rnatish).
Deviant xulq-atvor nazariyasida ijtimoiy meyor markaziy o’rin tutar ekan, avvalo ijtimoiy meyorning o’zi nima va uning qanday turlari mavjudligini shuningdek, deviant xulq-atvorning eng ko’p uchraydigan va yaqqol namoyon bo’ladigan turlari; jinoyatchilik , ichkilikbozlik, giyohvandlik va fohishabozlikning nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak.
Ijtimoiy meyor - jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo’lib, malum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining morslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir.
Ijtimoiy meyorning bir qancha turlari mavjud;
1. Xuquq. Individga nisbatan obyektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda xuquq xukmron tabaqa demokratik ko’pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hyech qanaqa o’xshatmasi yoki muqobili bo’lmagan yagona meyorlar majmuidir.
2. Axloq. etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinasiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi.Insonning o’zini takomillashtirish va o’z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Xuquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolasiz), ikkinchidan, uning meyorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi.
3. Urf-odatlar. Ushbu meyoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy meyorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil,bazan to’la shakllangan ko’rinishga ega bo’ladilar.
4. Diniy meyorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo’lib, diniy talimot tavsifiga ko’ra diniy meyorlar ham turlicha bo’ladi. Shuningdek, mazmuniga ko’ra diniy meyorlar turli, xuquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy meyorlarni o’z ichiga oladi va shu sababli ko’pincha yuqoridagi meyoriy tizimlarning har birining boshqaruv xxususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy meyorlar ichki taqiqlar bilan birga tashqi taqiqlar orqali ham tasir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy meyorlar dindorlar uchun kuchli tasir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar , fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko’rsatmoqda.
Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo’lib, shulardan biri ularning ham obyektiv ham subyektiv tomonlari bilan bo’liq bo’lgan tasniflashdir. Bunga ko’ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo’linadi;
a) tashqi muhitga yo’naltirilgan xulq-atvor (yekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));
b) shaxsning o’ziga yo’naltirilgan xulq-atvor (intravertiv ( masalan, ichkilikbozlik)).

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin