«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


osiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə72/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

osiologik tadqiqot dasturi va uning tarkibiy tuzilishi
Yempirik sosiologik tadqiqot obyekti bo’yicha o’tkazilgan dastlabki tahlillar asosida mavjud maummoni tahlil qilish dasturi ishlab chiqiladi. Ilmiy dastur har qanday amaliy, nazariy sosiologik tadqiqotning dastlabki zarur hujjati hisoblanadi. Dastur sosiologik tadqiqot obyekti bo’yicha ishchi farazni tekshirishga qaratilgan, shuningdek tadqiqot bo’yicha ilmiy faraz, bajariladigan asosiy vazifalari va sosiologik tadqiqotning metodologik asosi bayonlaridan iborat. Dastur mazmuni haqida qisqacha malumot berilishi annotasiya deb ataladi.
Har qanday empirik sosiologik tadqiqot dasturining umumiy talablari mavjud. Bularga, tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalarini aniqlash; ishchi farazni ishlab chiqish; dasturni ishlab chiqish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish kabilar kiradi.
Sosiologik tadqiqot dasturi ichki tuzilishi jihatidan quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
1. Nazariy - metodologik qism.
1.1. Sosiologik muammoni ishlab chiqish, tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash.
1.2. Tadqiqot obyekti va predmetini belgilash.
1.3. Asosiy tushunchalarni ishlab chiqish.
1.4. Tadqiqot predmetining dastlabki taxminiy tahlili.
1.5. Ishchi farazni ishlab chiqish.

2. Amaliy sosiologik tadqiqotni ish jarayoni qismi:


2.1. Tadqiqotning umumiy rejasi.
2.2. Asosiy amaliy ish jarayonlari.
2.3. Tanlov ishlari.
2.4. Dastlabki olingan sosiologik malumotlarni tahlil qilish usullarining tasnifi.
2.5. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish nazarda tutilgan yo’nalishlar.


3. Xulosa qismi.
3.1. Tadqiqot natijalarining mazmunan tasnifi.
3.2. Buyurtmachiga tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari (asosiy xulosalardan iborat hisobot, amaliy takliflar, tavsiyalar va tadbirlardan iborat).
Tadqiqotning maqsad va vazifasi. Dasturning ushbu qismida sosiologik tadqiqot buyurtmachi va bajaruvchilar o’rtasidagi munosabat o’zaro kelishib olinadi. Tadqiqot uchun sarf qilinadigan xarajatlar: moliyaviy mehnat resurslari hisoblab chiqiladi.
Sosiologik tadqiqot maqsadi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, muayyan ishlab chiqarish korxonasida mehnat unumdorligini ko’tarish muammosini sosiologik tadqiqot qilish zarur bo’lsa, bunda asosiy maqsad mehnat unumdorligi pastligining asosiy sabablarini aniqlash, mavjud yashirin iqtisodiy imkoniyatlarni qidirib topish va mavjud shart-sharoitni o’zgartirishdan iborat.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin