«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi: dos. Jo’rayev L. N. dos. Yusupov R. K. kat o’qit. Sherov M. B. Samarqand – 2015


Sosiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə77/81
tarix10.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#123249
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
«Sosiologiya» fanidan o’quv-uslubiymajmua tuzuvchi dos. Jo’raye

Sosiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.
Sosiologik tadqiqotlar davomida qo’lga kiritilgan malumotlarni tahlil etish tadqiqotlar jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichning maqsadi natijalarning manosini tushuntirib berish, fikrlarni umumlashtirish va yagona nazariy tizimga keltirishdan iborat. Sosiologik tadqiqotlarning natijalarini to’g’ri izohlab beruvchi qator ilmiy uslubiy yechimlar tizimi mavjuddir, ammo har bir konkret holatda bu narsa bir butun kishilar jamoasi (sosiologlar, respondentlar, mamuriyat) ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi va gipotezalarning hayotiyligi eng samarador vosita sifatida kishilarning ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.Shu sababli gipotezani sinash jarayonida tadqiqotchi ko’proq real hodisalarga tayanishi, xilma-xil malumotlarni birlashtirishi, empirik materiallardan o’rganilayotgan obyektning zaruriy jihat va xossalarini ajratib berishga intilishi kerak. Sosiologik tahlilning natijalari tizimlashgan va guruhlarga ajratilgan ko’rinishda ilmiy hisobotda namoyon bo’ladi. Hisobotning ilovasi sifatida jadvallar, grafiklar, so’rovnomalar, blanklar, testlar va boshqalar keltiriladi.
Amaliy sosiologik tadqiqotning asosiy maqsadi amaliyot tomonidan ilgari surilgan masalalarning yechimidir. Shuning uchun bunday tadqiqot hisobotida gipotezalar, tadqiqot vazifalari, o’rtacha ko’rsatkichlar tizimi, axborotlar, boshlang’ich axborotlarni yig’ish bo’yicha tadqiqot uslublari tarkibi tavsiflab beriladi.
Hisobotga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

  • hisobotda tadqiqotning predmetiga mos mantiqan barcha o’zaro bog’langan muammolar guruhlari iloji boricha chuqur va to’la aks ettirilgan bo’lishi kerak;

  • bajariladigan ishlarning turkumining mantiqiy ketma-ketligi taminlangan bo’lishi kerak;

  • hisobotning har bo’limida tadrijiy bir-birini to’ldiruvchi ikki qismining o’zaro mutanosibligini taminlash zarur;

  • so’rovnomaning barcha savollari va ularga mos natijalar ilmiy mantiq talablariga binoan tahlil etilishi kerak;

  • hisobot texnik jihatdan yuqori saviyada rasmiylashtirilishi va to’g’ri tuzilishi kerak.




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin