Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars — ta’jim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida. Reja



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix02.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#115110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari

Kompyuterli ta’lim. 

Ma’lumki, o‘qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM 

rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta’lim vujudga keldi. 

Kompyuter  –  (ing.  Computer  -  hisoblayman)  –  oldindan  berilgan  dastur  bo‘yicha 

ishlaydigan avtomatik qurilma. Ta’lim – tarbiya jarayonlarini kompyuterlashtirishda zamonaviy 

kompyuterlar  universal  didaktik  vositalar  (qurilma)  bo‘lib  hisoblanadi  va  ularning  ta’lim  – 

tarbiya  jarayonlarining  optimal  variantlarini  topishdagi  roli  beqiyos.  Shuningdek,  kompyuter 

ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy – texnik 

universal  vositasi  bo‘lib,  ularning  amaliy  tafakkurini  kengaytirish  va  chuqurlashtirib,  ulardagi 

bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga ko‘taradi. 



Maxsus  ta’lim  dasturlari  bilan  ta’minlangan  kompyuterlardan  deyarli  barcha  didaktik 

masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: axborot berish; o‘qitish jarayonini boshqarish

natijalarni  nazorat  qilish  va  tuzatib  berish;  mashqlarni  bajarish;  o‘quv  jarayoni  rivojlanishi 

haqida ma’lumotlarni to‘plash va shu kabilar. 

Rivojlangan  mamlakatlarda  kompyuterlardan  keng  foydalanishning  rivojlanishi  bu 

boradagi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlashga imkon beradi: 

 

alohida  o‘quv  fanlari  (matematika,  tabiiy  fanlar,  ona  tili,  chet  tili,  geografiya, 



chizmachilik va shu kabi fanlar) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash; 

 umumiy  kognitiv  (idrok  etish)  qobiliyatlari  –  qo‘yilgan  masalani  hal  etish,  mustaqil 



fikrlar,  kommunikativ  malakalarni  egallash  (axborotni  to‘plash,  analiz,  sintez  qilish)ni 

rivojlantirish,  u  yoki  bu  ko‘nikmani  shakllantirishga  imkon  beruvchi  jarayonlarga  e’tiborni 

kuchaytirish. 

Kompyuterlashtirishning asosiy maqsadi, ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatish 

ishlarini  avtomatlashtirishdan  iborat  bo‘lsa,  uning  asosiy  vazifalari  intellektual  salohiyatni 

ko‘tarish,  aqliy  mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  etish,  ta’lim  –  tarbiyada  optimal  variantlarni 

kafolatlashlardan iboratdir. 

Kompyuterlar  yordamida  ta’lim  –  tarbiya  jarayoniga  innovatsion  yondashuvlar  qilishga 

imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga keng imkoniyatlar yaratiladi 

hamda  yangi  ko‘rgazmalilik  ta’minlanadi.  Shuningdek,  ulardan  ta’lim  –  tarbiyada  universal 

didaktik  vosita  sifatida  foydalaniladi.  Bu  o‘qituvchi  vaqtini  tejashga  imkon  beradi  va  natijada 

ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo‘lga kiritiladi. 

Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o‘qitish algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki, 

algoritm  belgilangan  (rejalashtirishgan)  natijaga  olib  keluvchi  mantiqiy  jihatdan  mukammal  va 

izchil tuzilgan ketma – ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) tizimi sifatida bilim, ko‘nikma va 

malakalarni  to‘la  o‘zlashtirish  uchun  zarur  bo‘lgan  o‘quv  faoliyati  tartibi  va  ketma  –  ketligini 

ta’lim  oluvchiga  ko‘rsatadi.  O‘quv  dasturlari  va  kompyuterli  ta’lim  samaradorligi  fikrlash 

faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 

Kompyuterli ta’lim dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy 

tartibda o‘qitish imkoniyatiga ega bo‘lgan turlarga bo‘linadi. 

Ta’lim  oluvchilarni  masofadan  turib  o‘qitish  mobaynida  kompyuterlar  ta’lim 

oluvchilarning o‘z – o‘zining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat 

kasb etadi. 

Maxsus  ishlab  chiqariladigan  uskunaviy  vositalardan  foydalanish  kompyuterli  ta’lim 

dasturlarini  yaratish  jarayonini  anchagacha  yengillashtiradi.  Ular  yordamida  kompyuter 

texnologiyalaridan  boxabar  bo‘lgan  tarix,  adabiyot,  huquq  va  boshqa  fan  o‘qituvchilari  ham 

bemalol ta’lim dasturini yaratish mumkin. 

Chop etilgan materiallar audio va vidio yozuvlar bilan birgalikda o‘quv materialiga kirishni 

kengaytirish  va  soddalashtirish,  o‘quv  materialini  qulay  va  ko‘rgazmali  tarkiblash  uchun, 

shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi. 

Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: 

 



o‘qitish dasturlarining mukammalligi

 



hisoblash  texnikasining  mukammalligi  va  o‘qitish  jarayonida  foydalanishdagi 

qulayligi. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin