Taqdimot ishi


Iste’molchilarini elektr ta’minoti va nimstansiya (podstansiya)lar



Yüklə 75,67 Kb.
səhifə2/3
tarix17.04.2023
ölçüsü75,67 Kb.
#125514
1   2   3
Korxonalarning elektr ta’minoti asoslari

2. Iste’molchilarini elektr ta’minoti va nimstansiya (podstansiya)lar.
Xozirgi kunda mamlakatimizda sanoat korxonalari va qishloq xo’jalik iste’molchilarini elektr ta’minoti markazlashtirilgan davlat energetika tizimidan amalga oshiriladi. Elektr ta’minoti sxemasi bilan tanishib chiqamiz:



energotizimni 500 kV li, 380 kV li, 220 kV li, 110 kV li yuqori kuchlanishli tarmog’idan 35 kV li nimstansiya orqali 35 kV li ta’minlash liniyasi ketadi. Ularga 35/6…10 kV li rayon nimstansiyalari ulanadi, ulardan esa 6…10 kV li taksimlovchi liniyalar ketadi. Bu liniyalarga 6…10/0,4 kV li pasaytiruvchi nimstansiyalar ulanadi. Qoida bo’yicha bunday nimstansiyalar iste’molchilarga yaqin joylarga o’rnatiladi. Ulardan esa 380/220 V li past kuchlanishli tarmoq orqali tarqatiladi. Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sxemasi kuyidagi rasmda keltirilgan (16.2-rasm).

10 kV



TP1 TP2



Axoli Teplitsa Ustaxona Zavod


15.2-rasm. Iste’molchilarni energotizimdan ta’minlanish sxemasi.

Barcha qishloq xo’jalik iste’molchilari 3 toifaga bo’linadilar.


Birinchi toifa iste’molchilarini elektr ta’minotida uzilishlarga yo’l qo’y-ilmaydi. SHuning uchun ular ikki mustaqil yuqori kuchlanishli tarmog’iga ulangan ikkita transformatorlar nimstansiyalaridan ta’minlanadilar. Bu toifaga kiruv-chi iste’molchilariga kuyidagilar kiradi: avtomobil zavodlari, chorvachilik komplekslari, parranda fabrikalari, issiqxonalar, don quritish komplekslari.
Ikkinchi toifa iste’molchilariga elektr ta’minotida uzilishlar 3,5 soatdan oshmasligi kerak, aks xolda texnologik jarayon buzilishi mumkin va bu xolat maxsulotlarni buzilishiga olib keladi. Bu toifaga kiruvchi iste’molchilarga elektrlashtirilgan sut sog’ish qurilmalari, uncha katta bo’lmagan parnik xo’jaliklari, konserva zavodlari mavjud bo’lgan fermer xo’jaliklari va sh.u. kiradi.
Uchinchi toifaga iste’molchilarining 1 va 2 toifaga mansub bo’lmagan iste’molchilari kiradi. Ammo iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilishlar
bir sutkadan ortmasligi kerak.

Yüklə 75,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin