Tasdiqlayman



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə12/19
tarix24.10.2017
ölçüsü1,79 Mb.
#12205
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19

Nazorat savollari:

  1. So'z ma'nosining ko'chishiga misollar keltiring?

  2. Iboralar asosan qaysi uslubda qo’llaniladi?

  3. Tilshunoslikda so'z ma'nolarining ko'chishi qanday ahamiyatga ega?

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxat

  1. A. Rafiyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. “SHARQ” NMAK. 2002 yil.

  2. G’.Abdurahmonov. H.Rustamov. Onatili. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent. “O’qituvchi”1995yil.

  3. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Oliy o'quv yurtlari studentlari uchun qo'llanma. Toshkent. “O’qituvchi” 1981 yil.

  4. A.Nurmonov, H.Mahmudov, A.Sobirov, SH.Yusupova. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3-bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent. A.Qodiriy nomifagi xalq merosi nashriyoti. 2003 yil.

  5. Yo'ldosh Solijonov. “Nutq va uslub”. Toshkent. “CHO’LPON” nashruyoti.2002yil.

  1. O'zbek tili va adabiyoti jurnali 2005 vil. 3-son. 121-bet.

5. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Bu bosqichda o’qituvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollardan foydalanadi: Frontal savollar:

1. Ibora deb nimaga aytiladi?

2. Soz ma'nosini ko'chishida nimalarga e'tabor berish kerak?

3. So'z ma'nosini ko'chishi va nutqda bundan o'rinli foydalanish?

Darsning yakuni:

o’qituvchi o'tilgan yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning tushunmagan savollariga javob beradi. Darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilimini vaholaydi vaholarni izohlaydi hamda darsni yakunlaydi.

6.Uyga vazifa:

A. Rafiyev, N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. “SHARQ” NMAK. 2002 yil. 6-14 bet. O'qish va konspektlash.


I. MAVZU: SO 'ZLARNING MA’NODOSHLIGI, SHAKLDOSHLIGI,
ZID MA’NOLILIGI.

2.Dars turi: ________________________

3.Dars vaqti: ____ daqiqa.

4.Dars tipi: Yangi mavzuni o'ztashtirish.

5. Darsda qo'llaniladigan usullar:

- aqliy hujum, muz yorar.

6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari:

- og 'zaki, yozma.

7. Dars maqsadlari:



A)Talimiy maqsadi:

So'zlarning ma'nodoshligi, shakldoshligi, zid ma'noliligi haqida maluumot berish, mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimini, malakasini oshirish.



B)Tarbiyaviv maqsad:

  • Milliy g'oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakillantirish mutaxassislikka qiziqishni, ma'sulyat hissiyotlarini shakillantirish.

  • O’quvchilarda insonparvarlik, mehr shavqat tuyg'ularini shakillantirish.

V)Rivoilantiruvchi maqsad:

  • o’quvchilarni flkrlash qobilyatini o'stirish.

  • mavzuni o'rganish borasida o’quvchilarni jodiy yondoshishga yo'llash.

  • o’quvchilarda mustaqil fikrlashni, mustaqil mulohaza yuritishi shakllantirish

8. Darsni o'tish joyi: _______________________________

  1. Mavzuni boshqa fanlar bilan va shu fandagi boshqa mavzular bilan bog’lash, hayot bilan bog’lash.




- Adabiyot


- Til tarixi.




10. Kerakli bilimlar doirasi:


1. Ma’nodosh so’zlarni.


2. Shakldosh so‘zlarni.


3. Zid ma‘noli so’zlarni.


XI. Darsni jihozlash:


a) slayd, kodoskop

b) ko’rgazmali qurollar

d) tarqatma test va savollar

e) adabiyotlar.




DARSNING XRONOLOGIK XARITASI.



DARSNING XRONOLOGIK XARITASI

VAQTI










1

Tashqiliy qism

daqiqa

2

o’qituvchining kirish so’zi

daqiqa

3

o’quvchilarning bilimini tekshirish

_ daqiqa

4

Yangi mavzuning bayoni

daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

daqiqa

6

Darsning yakuni

daqiqa

7

Uyga vazifa

daqiqa




Jami

daqiqa

12. DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI.



Dars

Bosqich-lari



Ta’lim beruvchining

Faoliyati



Ta’lim oluvchining

faoliyati



Texnologiya


Metod

Shakl

Vosita

1

Tayyor-lov

__ daqiqa



Maqsad va natijalarni belgilash, mantiqiy struktura va texnologik xarita tuzish. Kichik guruhlarni shakllantirish va ularga topshiriqlar berish. Maqsad: o’quvchilar bilimlarini tekshirish yangi mavzuni o’zlashtirish

O’quvchilar darsga

kirmasdan oldin maxsus belgili qog’ozlarni olib, o’sha qog’ozchada ko’rsatilgan guruhga

borib o’tiradi.


Noan’anaviy

Guruh-larni

shakl-lantirish



Taqsimlash

qog’ozchalari



2

Mavzuga

kirish


__ daqiqa

Darsni boshlanishidan oldin o’quvchilar bilan tanishadi.

Mavzu nomi, maqsad,natija va baholash mezonlarini e’lon qiladi.Tanishuvda “_____________________________” usulini qo’llash.



Mavzu nomi, maqsad, natija va baholash mezonlarini daftariga belgilab oladi.

O’quvchilar o’zining fikrlarini yozadi.



Mavzu

_____________________________________________________________________________



Guruh-lar

Ko’rgazma

doska,


bo’r

3

O’quvchi-larning oldingi bilimlarini

tekshirish

_____ daqiqa


O’quvchilarning oldingi bilimlarini tekshirish maqsadida boshlang’ich nazorat olinadi

(savollar ilova qilinadi)



O’quvchilar javoblarni belgilashadi.

Odob axloq bo’yicha qo’shimcha malumotlar olishadi.



An’anaviy

nazorat usuli



Guruh

Savollar

Doska va bo’r,

o’quv

daftarlari



4

Yangi mavzu-ning

bayoni


_____ daqiqa

Yangi mavzu bayon qilinadi. Ko’rgazma yordamida mavzuni tushunturadi.

___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



Mavzuga oid ma’lumotlarni yozib olishadi. Ko’rgazmadagi, tarqatma materialdagi ma’Iumotlarni kuzatishadi.

Ma’ruza yangi mavzu bayon

qilish davomi-da slayd ko’rgaz- madan foydala niladi.

Hayotdan misollar keltiriladi.


Guruh-lar

Slayd, mavzu

bo’yicha yozilgan

materiallar

doska va


bo’r

5

Taqdimot

______ daqiqa



Savollar beradi. Kichik guruhlarda bajariladigan ishlarni eshitadi, kamchiliklarni tuzatadi.G’olib guruxni e’lon qiladi.O’quvchilar baholanadi.

Frontal savollarga javob berishadi.Qo’ shimcha savollarga javob beradilar. Guruh sardorlari mustaqil ishni taqdim qiladi.

Muhokama va mustaqil ishlash

Guruh-chalar

Daftar, doska va boqa. Baholash mezonini varag’i.

6

Baholash

____ daqiqa



Kichik guruhlarga berilgan topshiriqlar va savollar natijalarini umumlashtiradi. Qaysi guruh g’olib ekanligini e’lon qiladi.

Guruhchalar bir-birlarini Baholaydilar. Javoblarning to’grisini yozib oladi

Munozara

Guruh-chalar

Doska, bo’r, ko’rgazmali qurollar, tarqatmalar

7

Umum-lashtirish

_____ daqiqa



Guruhlarning faoliyatlari umumlashtiriladi. Faol o’quvchilar alohida ko’rsatiladi. O’quvchilar baholanadi va baholar izohlanadi.

Tinglaydilar. Umumlashtirish bo’yicha, fikrlarini bildiradilar.

Sunbat-mulohaza

Guruh-chalar

Baholash mezonlari varaqasi.

8

Darsga yakun yasash

____ daqiqa



Darsni yakunlaydi.

Uyga vazifa beradi o’quv adabiyoti

________________________________________________________________________________________


Tinglaydilar.

Topshiriqlar o’quv adabiyotlar nomini yozib oladilar.



Ma’ruza

Umumiy

Ma’ruza matni o’quv adabiyotlar, daftarlar, doska va bo’r

Dars bosqichlarining mazmuni.
1. Tashkiliy qism:

O’qituvchining o’quvchilar bilan salomlashishi, davomatini aniqlash, o'quv xonasining tozaligi va o’quvchilarning mashg'ulotga tayyorganligini tekshirish.

2. O'qituvchinbing kirish so'zi:

Bu bosqishda, o’qituvchi o'tiladigan yangi mavzu nomi, dars o'tish rejasi bilan o’quvchilarni tanishtiradi.

MAVZU: SO’ZLARNING MA'NODOSHLIGI, SHAKLDOSHLIGI,

ZID MA NOLILIGI.

REJA:

1. Mo'nodosh so'zlar.

2. Shakldosh so 'zlar.

3. Zid ma 'noli so 'zlar.

Oqituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o'zlashtirishga tayyorlashi kerak.

3. O’quvchilarning bilimini tekshirish:

Bu bosqichda o’qituvchi mashg'ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqqan holdayangi pedogogik texnalogiyalar asosida o'tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar o'zlashtirgan bilimlarini quyidagi so'rov usullaridan foydalangan holda aniqlashi kerak.

Yakka savollar.

1. Metafora nima?

2. Qanday hollarda mo’onimiya hodisasi ro’y beradi?

3. Sinekdoxa va vazifadoshli deganda nimani tushunasiz?

4. Yangi mavzuni tushuntirish:

Bu bosqichda o’qituvchi o'quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga kerakli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi.

TAYANCH IBORALAR: Bosh so'z, so'z san'ati, so'z o'yinlari, mumtoz she'riyat

Eslab qoling: Nuqta so'z va iboralar o'zaro ma'nodosh, shakldosh va zid ma'noli tarzda qo'llana oladi. Lug'aviy birliklarning bu imkoniyatlaridan foydalanish nutqqa ifodaviylik, ta'sirchanlik vag'ishlaydi.

1. Ma'nodosh so'zlar bir umumlashtiruvchi ma'noga ega, ammo ma'no nozikliklari bilan farqlanuvchi, talaffuzi va yozilishi har xil bo'lgan so'zlardir. Masalan: kasal, bemor, xasta, betob kabi so'zlar ma'no qirralari bilan o'zaro farqlanadi.

2. Shakldosh so'zlar talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo anglatgan ma'nolari turlicha bo’lgan so'zlardir. Masalan: 1- soz— puxta, ma'qul, 2- soz — cholg'u asbobi, 3- soz — inoq, o'zaro yaqin. Agar ko'p ma'noli so'zning anglatgan ma'nolari o'rtasida ichki bog'liqlik bo'lsa, shakldosh so'zlarda bunday bog'lanish bo'lmaydi, shakldosh so'zlarning har biri mustaqil lug'aviy ma'noga ega bo'lgan alohida so'zdir.

3.Zid ma'noli so'zlar bir-biriga zid, qarama-qarshi ma'noni bildlruvchi, va'zan umumlashtiruvchi ma'noni ifodalovchi, chiziqcha bilan ajratib yoziladigan so'zlardir.

Masalan: uzoq-yaqin, do'st-dushman, oq-qora, yerga urmoq—ko'kka ko'tarmoq kabi.


1-mashq.

Gaplarni o'qing, sinonim so'zlarning ma'nosi va ma'no nozikliklarini tushuntiring.


1. G’azal ham bo'lurmi buncha dilrabo,

Bunchalar serishva, bunchalar sernoz. (E.V.)

2. Lekin general unga parvo qilmay ochiq yuz, tavassum bilan kapitanni chaqirdi. (Sh.)

3. Endilikda boya o'ylamagan o'ylarini, insofij adolat, diyonat, halollik va yaxshilik to'g'risidagi o'ylarini ro'yobga chiqarish lozim edi. (O.Yo.)

4. Hamisha shimday vaxtli, farog'atda yashashimga yuragim bovar qilmaydi.(Sh.)

5. Bechora qizim! Sho'rlik qizim. (U.U.)

6. Kokili gul, ko'ylagi nur vahorning quchog'ida yayra, yashna, qanot qoq. (Yashin.)

7. Unganman qip-qizil vahor qo'ynida, g'am-alam, qayg'uga ulfat emasman. (Yashin)


2-mashq.

Avval shakldosh, keyin ko'p ma'noli so'zlarni ko'chiring, ularning farqini shu so'zlar ishtirokida tuzgan gaplaringiz asosida sharhlang.

Asir, bog', yoz, chang, yozmoq, quloq, ot, bosh, toy, oshiq, ko'k, qirq, qo'y, lab, oylik.
Bilib oling:
Ma'nodosh so'zlarni to'g'ri qo'llay bilish gap mazmunining aniq, ifodalanishini, nutqning noo'rin takrorlardan xoli bo'lishini ta'minlaydi. Ma'nodosh so'zlar qatorini to'g'ri tuzish, undagi bosh so'zni ajrata olish muhimdir. Masalan: osmon, ko'k, gumvaz so'zlarida osmon so'zi, shirin, mazali, lazzatli, xushta'm ma'nodoshlarida shirin so'zi bosh so'zdir.

Shakldosh so'zlar so'z san'atining ta'sirchan vositasidir. Bunday so'zlarni o'rinli qo'llash orqali so'z oyinlari, askiya, payrovlar yaratiladi, mumtoz she'riyatdagi tuyuq janri shakldosh so'zlarga asoslanadi. Matn mazmunini ochishida shakldosh so'zlaring ma'nolarini to'g'ri farqlay bilish lozim.

Zid ma'noli so'zlar fikrni ta'sirli, tasviriy ifodalash, ajratib ta'kidlash maqsdida vadiiy nutqda keng qo'llanadi. Xayotiy hodisa, munosavatlarni zidlash usuli orqali ta'sirchan ifodalash, ma'noni kuchaytirish, belgilarni aniq ajratish uchun bunday so'zlardan o'rinli foydalana bilish kerak.

3-mashq.

Matnni o'qing. Shakli va ma'no munosavatlariga ko'ra farqlanuvchi so'zlarning ma'nosi va qo’llanish maqsadini izohlang.

Mirzo Bobur yoshligidanoq ziyrak bola bo'lib o'sibdi. Kunlardan bir kun Umarshayx saroy a'yonlari bilan qasrda o'ltirgan ekan, bir kabutar uchib kelib ayvon peshtoqiga ko’nibdida, “g'ulu-g'ulu-g'ulu” qilaveribdi. Umarshayx a'yonlaridan Kabutar ne deydure deb so'rab qolibdi. Anchadan buyon urush ko'rmay qilichlari qonsirab qolgan a'yonlar: Oliyxazrat, kabutar qilichlarni qindan sug'urmoq kerak deydur, — deb javob berishibdi.

Gapga aralashmay bir chekkada jim o'ltirgan Mirzo Bobur: “Yo'q kabutar unday demaydur. Bobo qovun sayliga chaqiribdur. Jonivor shu xushxavarni keltiribdur” — debdi. Umarshayx kabutarni tutib keltirishni buyuribdi. Kabutani tutib kelib, oyog'idagi mis xalqani olib qarashsa, ichidan bir xat chiqibdi. Xatda: “Oliyhazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo'l urib bersalar” — deb yozilgan emish.

Mirzo Boburning gapi to'g'ri chiqqanidan xayratga tushgan Umarshayx o'g'lidan: “Mirzoning bunchalik bilag'on va topqirligiga bois nedur?” — deb so'rabdi. “Ota,— debdi Bobur. — “Bu kabutarga e'tibor qilmadingiz. O'tgan yili ham qovun sayli xushxavarini xuddi mana shu jonivor xavar qilg'on erdi, kaminaning ko'zi kabutarning o'ng qanotidagi qora xolga tushgan zaxoti ani tanidim va shu so'zni taxmin o’dim”, — deb javob beribdi.

Yosh Mirzoning xushyorligi, topqirligiga qoyil dolgan Umarshayx a'yonlariga qarab: “qilichni emas, aql-idrokni ishga solmoq, lozimdir. Havar qilinglar, varcha qovun sayliga otlansin”, — deb buyuribdi.


5. Yansi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o ‘qtuvchi o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirib, yangi mavzuni mustahkamlash uchun quydagi usullardan foydalanadi:

Frontal savollar.

1. Qanday so‘zlar ma 'nodosh so’zlar deb ataladi?

2. Qanday so'zlar shakldosh so’zlar deb ataladi?

3. Qanday so'zlar zid ma'noli so'zlar deb ataladi?



Dars yakuni:

- O 'qituvchi o'tgan yangi mavzu b'oyicha tushunmagan savollarga javob beradi, darsni mustahkamlashdagi o’quvchilar javobini muhokama qilib, o’quvchilar bilmini vaholaydi va darsniyakunlaydi.

6. Uyga vazifa:

A. Raflyev. N.G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kasb- hunar kollejlari uchun darslik. “Sharq” NMAK 2002 yil.



O’qituvchi uchun adabiyotlar:

A. Asosiy:

1. A. Raviyev. N. G’ulomova. Ona tili va adabiyoti. Kash - hunar kollejlari uchun darslik “Sharq” NMAK 2002 y.

2. G’Abdurahmonov. H.Rustamov. Ona tili 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi”1998yil.
B.Qo’shimcha:

1. G’.Abdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o 'zbek adabiy tili. Oliy o 'quv yurtlari studentlari uchun qollanma. Toshkent «O’qituvchi» 1981 y.

2. Nurmonov, N. Mahmudov, A. Sobirov, Sh.Yusupov. Hozirgi o 'zbek adabiy tili. Akademik litseylarning 3 - bosqich talavalari uchun darslik. Toshkent A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti 2003 y.

1.Mavzu: SO’ZNING HISSIY TA’SIRIY JIHATDAN NUTQDAGI O’RNI.

2. Dars turi: ______________________________

3. Dars vaqti: ___ daqiqa.

4. Dars tipii:Aralash dars.

5. Darsda qo'llaniladigan usullar:

Innovatsion texnologiyalari asosida “Muz yorish”, ‘Mustaqil ish’ usullari, test usuli.

6. Darsda qo'llaniladigan nazorat turlari;

1. Frontal savollar.

2. Test savolliklari.

3. Mustaqil ishturi



7. Dars maqsadlari:

A) Talimiy maqsad;

  • Nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash.

  • So'zning hissiy-ta'siriy jihatdan nutqdagi o'rni haqida ma'lumot.

  • Ijobiy bo’yoqdor sozlar haqida ma'lumot berish.

  • Salbiy bo'yoqdor so'zlar haqida malumot berish.

B) Tarbiyaviy maqsad;

  • o’quvchilarda namunali savodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish.

  • Amaliy faoliyatda be’taraf bo'yoqli so'zlarni to’g'ri qo’llay bilish.

  • o’quvchilardagi axloqiy va estetik tushunchalar asosida so'zlash

  • ko'nikmasini yanada rivojlantirish.

V) Rivojlantiruvchi maqsad;

  • So'zning nutqdagi o'rni haqida kengroq bilish.

  • Salbiy bo'yoqdor so'zlar va ijobiy bo'yoqdor so'zlarni bexato qo'llay olish ko’nikmasini rivojlantirish.

  • o’quvchilarning namunali yozma va og'zaki nutqini shakllanishini o'stirish.

  • Nutqiy faoliyat chog'ida mavzuga ijodiy yondoshish malakasini rivojlantirish.

  • o’quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin