Texmnika xavfsiligi bilan tanishuv



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/9
tarix06.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#116667
1   2   3   4   5   6   7   8   9
xisobot

gaz ta’minoti tashkiloti — texnik me’yorlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda tabiiy gaz va suyultirilgan gazni qabul qilish, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlovchi tashkilot;
gaz xo‘jaligi texnik qurilmalari — gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish pechlari, qozonlari, gaz generatorlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari va boshqalar;
gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlari — tashkilot hududida joylashgan gazlashtirilgan yordamchi ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarning gaz jihozlari, gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, GTP va GTQlar;
gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari — tasarrufida gaz xo‘jaligi tizimi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar;
gazning xavfli konsentratsiyasi — gazni eng pastki alangalanish chegarasining 20 foizidan oshadigan havo tarkibidagi konsentratsiyasi (gazning hajmli ulushi);
gaz ta’minoti tizimi — gaz taqsimlash stansiyasidan iste’molchilarga yetib boradigan gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar va elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, sanoat korxonalarining gaz jihozlari, GTP va GTQlar;
insident — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik uskunalarning shikastlanishi yoki to‘xtashi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqishi, qonunchilik hujjatlarida bo‘lgan, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy texnik hujjatlardagi talablarning buzilishi;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar — asosiy faoliyat turi gaz ta’minoti tizimlarini loyihalash, qurish (montaj qilish), ta’mirlash, qayta qurish, ishga tushirish-sozlash, foydalanish va putur yetkazmaydigan nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
kommunal-maishiy soha tashkilotlari — ovqat tayyorlash, isitish yoki issiq suv ta’minoti maqsadida yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar yoxud hajmi 150 litrdan ortiq bo‘lgan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi tashkilotlar;

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin