Tilshunoslik


Tilshunoslikda strukturalizm yo‘nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə54/77
tarix26.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#136031
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Tilshunoslik

3. Tilshunoslikda strukturalizm yo‘nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari
Struktural lingvistika va uning maktablari
Strukturalizm atamasi va tushunchasi dastlab golland faylasufi X.I. Boasning 1939-yilda nashr qilingan maqolasida tilga olingan bo‘lib, u tilni belgilar sistemasi sifatida o‘rganuvchi, tilshunoslikning asosiy komponentlari – fonetika, grammatika, leksika o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni tekshiruvchi, tilning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot hisoblanadi. Bu aslida Ferdinand de Sossyur tomonidan bildirilgan g‘oya asosida yuzaga kelgan lingvistik yo‘nalish bo‘lib, XX asrning 30-yillaridan struktural lingvistika maqomini oldi va Chexoslovakiya hamda Daniya olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.
Strukturalizm yo‘nalishining umumiy xususiyatlari:

  • 1.Til belgi – semiotik tizim: tilning tuzilishi pog‘onali,unda har bir belgi mavjud strukturaning ichki munosabatidir

  • 2. Tilning asosiy birliklari - fonema va morfemalar, ular o‘rtasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar til birliklarining asosiy tuzilish shakllari hisoblanadi.

  • 3. Tilni o‘rganishda diaxronik metodlarga qaraganda sinxronik tavsif metodlari afzalroqdir.

  • 4. Til birligi tarkibini lingvistik tavsif qilishda lingvistik tadqiqotlar birinchi o‘rinda turadi.

Strukturalizmning quyidagi maktablari yuzaga keldi:
1. Praga funksional lingvistika maktabi;
2. Amerika deskriptiv lingvistika maktabi;
3. Kopengagen glossematika lingvistika maktabi.
Praga funksional lingvistika maktabi
Strukturalizmning dastlabki qarashlarii 1926-yilda Chexoslavakiyadagi Praga lingvistik to‘garagi tomonidan tashkil qilingan, 1929-yildan mustaqil oqim sifatida rivojlanib, o‘z qarashlarini 10-yil mobaynida muntazam nashr qilingan “Praga lingvistik to‘garagining asarlari”da ifoda qilingan. Bu maktab XX asrning 30-yillarida gullab-yashnadi, ammo 40-yillarga kelib, uning faoliyati pasaydi va 1953-yilda tashkiliy jihatdan tarqalib ketdi. Biroq ushbu maktabning g‘oyalari jahon lingvistikasiga katta ta’sir qildi va hozirgi kunda ham ta’sir qilib kelmoqda. Uning yetakchi namoyondalari: chex tilshunosi Vilyam Matezius (1882-1945), Garvard universiteti professori Roman Osipovich Yakobson (1896), rus tilshunosi, slavyanist va fonolog Nikolay Sergeevich Trubetskoy (1890-1938)lar bo‘lganlar.
Praga struktural maktabining funksional lingvistika deb atalishiga sabab u tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.
Xususan, o‘zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi. Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy elementlar grammatik obyekt va grammatik predikat bo‘lsa, unda dolzarb bo‘linishda so‘zning o‘zak va yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Til va nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib keladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin