5
KIRISH
Rivojlangan biznes muhitini strategik qarorlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Strategik qarorlar har qanday korxona va tashkilotning joriy va kelgusidagi asosiy
faoliyati mazmunini belgilab berib, buning natijasida biznes sub’ektlari tashqi muhit
omillariga qarshi oʻzlarining samarali faoliyatlarini amalga oshirish imkoniyatlariga
ega boʻladilar. Darhaqiqat, har qanday biznesning samarali tashkil etilishi va
rivojlanishini uning tashqi muhitidagi oʻzgarishlaming oʻz vaqtida hisobga olinishi
va shunga yarasha strategiyalarning ishlab chiqilishi belgilab beradi. Bugungi kunda
strategiyalar koʻplab shakl va turlarga ega boʻlib, talabalar ular toʻgʻrisida aniq va
maqsadli yoʻnalgan bilimga ega boʻlishlari kerak. Strategiyalarning har qanday
biznes faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻlganligi ularni ilmiy va nazariy
asoslarini puxta egallashni talab qiladi. Chunki, boʻlajak mutaxassislar bunday
asoslarni yetarli darajada egallamay turib, strategiyalarni ishlab chiqish va amalda
qoʻllash boʻyicha muhim qarorlarni qabul qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch
kelishadi.
Strategik boshqaruv - korxona va tashkilotlarda strategik jarayonni
shakllantirish, boshqarish va tahlil qilish, korxonalarning tashqi va ichki muhitlarini
tahlil qilish va boshqarish, korxonalardagi resurslarni boshqarish, korxona va
tashkilotlarda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda strategik nuqtai-nazarlardan
kelib chiqqan holda yondashish, korporativ va biznes strategiyalarni ishlab chiqish
va rivojlantirish, korxona va tashkilotlarning strategiyalarini rejalashtirish va ijrosini
ta’minlash, korxona va tashkilotlarda strategik oʻzgarishlarni boshqarish, strategik
pozitsiyalanishni rivojlantirish hamda strategik restrukturizatsiyalash masalalarini
oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Strategik boshqaruv fani korxona va
tashkilotlarni ichki va tashqi bozorlarda oʻz maqsadlarga erishish quroli sifatida
qarashga alohida e’tibor beradi.
|