Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


 Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi



Yüklə 271,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix24.01.2023
ölçüsü271,69 Kb.
#122487
1   2   3   4   5   6   7
6-Mavzu. Marketing strategiyasini mavjud vaziyatga moslashtirish

5. Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi 
Ba’zi tarmoqlar yuz, hatto minglab kichik va oʻrta firmalardan iborat boʻladi. 
Ularning kupchiligini xususiy firmalar tashkil etib, ularning birortasi ham 
tarmoqdagi umumiy sotuv hajmida sezilarli rol uynamaydi. Boʻlib tashlangan 
tarmoqning asosiy farqlanadigan xususiyati, unda yetakchilarning yoʻqligidir. 


53 
Bunday tarmoqlar qatoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan tashish, 
avtomobillarni ta’mirlash, tez xizmat koʻrsatadigan restoran va kafelar, xususiy 
firmalarda buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish ustaxonalari
mehmonxona va otellar, mebel ishlab chiqarish, karton kutichalar tayyorlash, oziq-
ovqat tovarlarini qadoqlash kabilarni kiritish mumkin. 
Tarqoq tarmoqlarda raqobat kurashi oʻrtacha kuchlidan shiddatligacha boʻlishi 
mumkin. Tarqoq tarmoqlarga toʻgʻri keladigan raqobat strategiyasining ehtimoldagi 
variantlariga quyidagilar kiradi: 
1. Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish. 
2. Past xarajatlarni ta’minlash. 
3. Integratsiya yoʻli bilan xaridor uchun foydani oshirish. 
4. Tovar turiga ixtisoslashish. 
5. Xaridor turiga ixtisoslashish. 
6. Cheklangan geografik hududlarga fokuslash. 
Tarmoqning tarqoqlik sharoitida firmada strategik tanlash erkinligi mavjud: 
ya’ni keng marketing maqsadlarini koʻzlash, xarajatlarning raqobat ustunligi yoki 
tabaqalashtirishdan foydalanish. 
Tarqoq tarmoqlarda bir vaqtning oʻzida koʻp strategik yondoshuvlardan 
foydalanish mumkin boʻladi. 
6. Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi 
Firmalarning xalqaro bozorga chiqishlarini asosiy sabablari quyidagilardir: 
yangi bozorlarni egallash
• boshqa mamlakatlar tabiiy resurslaridan foydalanish huquqini olish yoki 
yana ham past xarajatlarga erishish zaruriyati. 
Sanab oʻtilgan har bir holatda dunyo bozoriga chiqish strategiyasi mavjud 
sharoitga mos kelishi kerak. Dunyo bozorlaridagi raqobat strategiyalarini ishlab 
chiqishga milliy bozorlardagiga qaraqanda ancha kattik talablar qoʻyadi. Bir 
mamlakat bozorining ikkinchi mamlakat bozoridan asosiy farqlariga xaridorlarning 
didlari, sotish kanallari, oʻsish istiqbollari, harakatlantiruvchi kuchlar va 
raqobatchilarning ta’ziqlari, milliy bozorlardagi sharoitlardan kanchalik farqlanishi 
kiradi. Bundan tashkari bunday farqlarga xalqaro operatsiyalarning turtta xarakterli 
xususiyatlari ham kiradi. 
1. Ishlab chiqarish xarajatlari darajasini har-xilligi. 
2. Valyuta kurslarining uzgaruvchanligi. 
3. Xukumatlarning savdo siyosati. 
4. Xalqaro raqobatning xarakteri. 
Turli tarmoqlarda xalqaro raqobat shakllari bir-birdan tubdan farq qiladi. 
Fransiyada ham, Braziliyada va Yaponiyada ham bank xizmatlari koʻrsatiladi, lekin 
bu mamlakatlardagi bank sohasidagi raqobat shartlari va sharoitlari turlichadir. 
Xalqaro bozorda raqobat global va kup millatli boʻladi. Turli milliy bozorlarda 
raqobat sharoitlari bir-biri bilan uzviy bogʻlangan takdirda global raqobat mavjud 
boʻladi. Bu esa haqiqatda dunyo bozorini tashkil etish imkonini beradi. Global 
raqobatning mavjud bulish shartlaridan yana biri turli mamlakatlardagi ilgʻor 


54 
firmalar uzaro, bir-birlari bilan raqobat qilishi bilan ifodalanadi. Kup millatli raqobat 
davomida firmalar milliy bozorda ilgʻorlik uchun kurashadilar, global raqobatda esa 
firmalar dunyo mikyosida ustunlikka erishish uchun kurashadilar. 
Dunyo bozorida firma faoliyatining strategik imkoniyatlari mavjud boʻladi: 
1. Chet el firmalariga uning mahsulotini ishlab chiqarish uchun uning xususiy 
texnologiyalaridan foydalanish huquqini berish. 
2. Milliy ishlab chiqarishni mustahkamlash va xorij bozorlariga tovarlar 
chiqarish. 
3. Koʻp millatli strategiya tomon yoʻl tutmoq. Bunda firma oʻz faoliyatini 
amalga oshirayotgan har bir davlat uchun alohida strategiya ishlab chiqadi. Ayni 
paytda u mazkur davlatlardagi xaridorlar didlariga va raqobat sharoitlariga mos 
kelishi kerak. 
4. Past xarajatlar global strategiyasiga yoʻl tutmoq. 
5. Tabaqalashtirishning global strategiyasiga yoʻl tutmoq. 
6. Fokuslashgan global strategiyasi tomon yoʻl tutmoq. 
Kompaniya mustahkam mavqega ega boʻlgan va katta foyda olayotgan 
mamlakat bozorlari «hazina» deb ataladi. Yaponiya yapon kompaniyalari uchun eng 
daromadli bozor boʻlib hisoblanadi. Chunki yapon konunchiligi tomonidan 
yaratilgan savdo toʻsiqlari uni xorijiy raqobatchilardan samarali himoya qiladi. 

Yüklə 271,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin