Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi


I.3. O`zlik nisbat (Dönüşlü çatı)



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə5/15
tarix06.12.2022
ölçüsü56,12 Kb.
#120506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va f-fayllar.org

I.3. O`zlik nisbat (Dönüşlü çatı)
O`zlik nisbat bajarilgan ishni bajaruvchigayoki biror ishning o`ziga qaytganini ko`rsatuvchi nisbat turidir. O`zlik nisbatda qilingan ish bajaruvchiga, ya’ni egaga qaytgani uchun gapning egasi ham, bajaruvchisi ham qilingan ishdan ta’sirlanadi, ya’ni to`ldiruvchi holatida turadi.
Turk tilida ko`p qo`llanuvchi o`zlik nisbati, asosan, –(I)n-/-(U)n- qo`shimchasi bilan yasaladi. Bu qo`shimcha unli tovush bilan tugovchi o`zak va negizlarga to`g`ridan-to`g`ri, undosh tovush bilan tugovchi so`zlarga esa til va lab tovushlarining maxsus qoidalariga mos ravishda bir bog`lovchi unlisi oraga qo`shib qo`yiladi: acı-n-, ara-n-, bak-ın-, besle-n-, beze-n-, boşa-n-, bula-n-, bul-un-, çek-in-, daya-n-, del-in-, did-in-, dik-in-, dök-ün-, döv-ün-, ed-in-, eş-in-, geç-in-, gez-in-, giy-in-, gizle-n-, gör-ün-, kaç-ın-, kalk-ın-, koru-n-, ört-ün-, öv-ün-, sak-la-, serinle-n-, sev-in-, sil-in-, soy-un-, söyle-n-, süsle-n-, tanı-n-, tara-n-, tut-un-, yasla-n-, yıka-n-, yükle-n-, zehirle-n- kabi.
Meğer aldanmışım (A. Haşım, FS, 185) (Aslida aldangan ekanman).


Hâlâ, bize bir oyun yapmak için tarafta gizlendiğini ve nerde ise bir kapı arkasından sesinin gürleyeceğini zannediyorum (A. Haşim, BG, 9) (Hali hamon biz bilan o`yin o`ynash uchun yashiringanini va qayerda bo`lsa ham eshik orqasidan ovozining balandlashishi haqida o`ylardim).

Kadının sesi soğuk almış gibi biraz kalındı, pürüzlüydü. Yüzündeki sarılık da belki bundandı. Yada, bu odada başka türlü görünmesine imkân olmazdı (K. Tahir, EŞİ, 153) (Ayolning bo`g`iq ovozidan uning sovuqqotgani bilinib turardi. Yuzining oppoq oqarib ketgani ham balki shundandir. Yoki bo`lmasa, bu xonada boshqacha ko`rinishning iloji ham yo`q edi.)

Ayşe (...) yavaş yavaş inmişti ama, gene de Nedime Hanım’ın dizleri arasında durmuş, beline dolanan kola yaslanmıştı (K.Tahir, EŞİ, 188) (Oysha sekingina pastga tushdi, lekin baribir Nodima Honimning tizzalariga bosh qo`yib belini quchoqlagan qo`llarga suyandi).

Biz bu işe kudurganlığımız sebebiylesıvanmadık(K. Tahir, DA, 240)
Kerimcan, kılıcını düzeltti, yün kaftana sımsıkı sarıldı. Esnedi, gerindi. Kendisini cezalandırır gibi dayabildiği kadar dayanmaya karar verdi (K. Tahir, DA, 246) (Karimjon qilichini to`g`irladi, jun choponini mahkam quchoqladi. Esanadi, kerishdi. Chiday olguncha chidashga qaror qilib o`zini jazoladi).


Bize gelmedi diye iki taraf da öfkelenecek (T. Buğra, YB, 150)(Biznikiga kelmadi deb ikki tomonning ham jahli chiqadi).

Adını duyunca kadının sinirlendiği sesinden belli oldu (E.Işınsu,KDA, 143)(Nomini eshitishi bilan ayolning asabiylashgani ovozidan ma’lum bo`ldi).

Şişe kayalarda parçalandı (O. Pamuk, SE, 97)(Shisha qoyalarda parchalandi).

Aniq bir qoidaga mos kelishi bilan bir qatorda, ba’zi paytlarda o`zlik nisbatida –(I)l- /–(U)l- qo`shimchasi ham ishlatiladi. Bu qo`shimcha ham unli tovush bilan tugagan o`zak va negizlarga to`g`ridan - to`g`ri, undosh tovush bilan tugaganlarga esa orada bir bog`lovch unli tovushi qo`shiladi:


aç-ıl-, at-ıl-, ay-ıl-, büz-ül-, çek-il-, dağ-ıl-, dik-il-, dur-ul-, kat-ıl-, kes-il-, sar-ıl-, sık-ıl-, sok-ul-, üz-ül-, yan-ıl-, yor-ul-, yükse-l- kabi.
Kamil Bey ilk haftalarda büyük bir gayretle işe sarılmış, kendisine göre bir de program yapmıştı. (K.Tahir, EŞİ, 167) (Komil Bey ilk haftalarda katta kuch-g`ayrat bilan ishga kirishgan, o`ziga xos dasturi ham bor edi).

Kerim Can kılıcını düzeltti, yeni kaftana sımsıkı sarıldı. Esnedi, gerindi.(K. Tahir, DA, 246) (Karimjon qilichini to`g`irladi, yangi choponini mahkam quchoqladi. Esanadi, kerishdi).

Ademoğluyla senin alıp vermediğin nedir, böyle rezil bir işe yumulup” (K.Tahir, DA, 239).



Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin