Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə8/15
tarix06.12.2022
ölçüsü56,12 Kb.
#120506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va f-fayllar.org

Fe’lning passiv (nisbat) shakli (fillerin pasif şekilleri-edilengörünüş). Fe’lning passiv shakli fe’l o`zak yoki negiziga –il qo`shimchasi qo`shilishi orqali yasaladi: O Sivas’a gönderilecek (U Sivasga jo`natiladi). Arabanının camı kırılmış (Mashinaning oynasi sinibdi) kabi. Bu yerda bir ot ma’lum yoki noma’lum boshqa bir ot vositasida fe’lning ta’siriga uchraydi: O Sivas’a (biri tomonidan) gönderilecek. Arabanının camı (biri tomonidan) kırılmışkabi.
Mantiqan egasi noma’lum bir olmosh bo`lgan gapni ham passiv ko`rinishdagi fe’llar yordamida yasash mumkin: Oradan eve gidilir (U yerdan uyga ketiladi). Bir haber gönderilir (Bir xabar yuboriladi) kabi.
Unli yoki -l- tovushi bilan tugagan negizlar passiv ko`rinishda –inqo`shimchasi oladi (bil-in-mek, başla-n-mak). Shu bois ba’zi fe’l negizlaridan kelgan passiv va majhul nisbat ko`rinishlari adash bo`lishi mumkin: sil-in-mek (birov tomonidan o`chirilmoq) va sil-in-mek(artilmoq, o`zini o`zi o`chirmoq); koru-n-mak (biri tomonidan muhofaza qilinmoq, qo`riqlanmoq); koru-n-mak (o`zini o`zi muhofaza qilmoq). Bir bo`g`indan iborat ba’zi fe’l o`zaklari passiv ko`rinishda ustma-ust –in va –il qo`shimchalarini olishi mumkin: de-n-il-mek (deyilmoq), ko-n-ul-mak (qo`yilmoq), ye-n-il-mek (yengilmoq) kabi. Buni istisno holat deyish ham mumkin.
Majhul nisbat (dönüşlü görünüş).Fe’lning majhul nisbat shakli fe’l o`zak yoki negiziga –inqo`shimchasi qo`shilishi orqali yasaladi va shu tarzda fe’lning ta’siri otga qaytgan bo`ladi: Ayşe yıkandı, tarandı, giyindi (Oysha yuvindi, tarandi, kiyindi). Gripten korunmalısın (Grippdan himoyalanishing lozim)kabi.
Fe’lning ta’siri otga to`g`ridan-to`g`ri yoki vositali ravishda qaytadi. Birinchi holatda ot gapning vositasiz to`ldiruvchisi bo`ladi : Ahmet dövündü.=Ahmet kendini dövdü (Ahmad o`zini o`zi urdi). Yıkanacak mısınız? =Kendinizi yıkayacak mısınız? (Yuvinasizmi? = O`zingizni yuvasizmi?) kabi. Bu turdagi majhul nisbat fe’llar nutqda faol qo`llanadi va o`timli fe’l deyiladi. İkkinchi holatda fe’lning ta’siri otga qaytgan bo`lishi bilan birgalikda gapning boshqa bir vositasiz to`ldiruvchisi bo`ladi, lekin u otning o`zi emas: Sibel bir elbise dikinmiş.=Sibel kendisine bir elbise dikmiş (Sibel o`ziga bir ko`ylak tikibdi). Bavulu yüklendim.=Bavulu kendime yükledim (Katta sumkani ustimga yukladim) kabi. Bular o`timli fe’llar hisoblanadi.
Turk tilida fe’lning majhul nisbati va o`zlik olmoshlari orasida ifoda o`xshashligi (tenglik) mavjud: Evde kapanmayınız.=Kendinizi eve kapamayınız (Uyda bekinib olmang). Çok şeyler yapınmışsın.=Kendine çok şeyler yapmışsın (O`zingizga juda ko`p narsa qilibsiz) kabi.
Turk tilida fe’lning majhul nisbatlari ma’no jihatdan boy va ular lug`atlardan keng o`rin olgan: edinmek, kaçınmak, görünmek va hokazo.

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin