Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi



Yüklə 56,12 Kb.
səhifə9/15
tarix06.12.2022
ölçüsü56,12 Kb.
#120506
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va f-fayllar.org

Birgalik nisbati(karşılıklı görünüş, işteş şekil). Fe’lning birgalik nisbati fe’l o`zak yoki negiziga –qo`shimchasi qo`shilishi orqali yasaladigan shaklidir. Bunda ikki shaxs yoki predmet birgalikda ish-harakatni amalga oshiradi, shuning uchun ham bu shaklning nomi işteş şekil, ya’ni “ishdosh” dir: Ali ile Vali görüştüler (Ali bilan Vali ko`rishdilar). O gün iki aile tanışacaktı (O`sha kuni ikki oila tanishishi kerak edi). Seninle dövüşmüş (Sen bilan do`pposlashibdi ) kabi.
Bu yerda fe’lning ta’siri har ikki shaxsga qaytgan. Bu qaytish ham to`g`ridan-to`g`ri yoki vositali ravishda yuz beradi. Birinchi holatda ikki shaxs ham bir-biriga ob’yekt bo`lib xizmat qiladi: Ali ile Vali görüştüler. = Ali Veliyi, Veli Aliyi gördü. O gün iki aile tanışacaktı. = O gün birinci aile ikincisini, ikinci aile de birincisini tanıyacaktıkabi.

Bu yerda fe’llar o`timsiz, lekin mantiqan ikki tomonli o`timli bo`ladi.


Ba’zi hollarda gap ichida vositasiz to`ldiruvchi qatnashadi: Oğuz ile Serdar bu tarlayı bölüştüler.=İkisi aralarında böldüler (Oğuz bilan Sardor bu dalani bo`lishdilar.=İkkalalari o`zaro bo`lishib oldilar). Onlar yazışıyorlar.=Birbirlerine (mektup) yazıyorlar (Ular yozishadilar.= Ular bir-birlariga maktub yozadilar) kabi.
qo`shimchasi qo`shilishi orqali yasalgan birgalik nisbatining yana bir ko`rinishi turk tilshunosligida işbırliği görünüşü, ya’ni hamkorlik ko`rinishideyiladi. Bu yerda ega ko`plikda ikkidan ortiq bo`lish bilan birga, ish-harakat birgalikda amalga oshiriladi: Çocuklar gülüşüyorlardı. Kuşlar uçuşuyorlar kabi.
Shuni unutmaslik kerakki, hozirgi zamon turk tilida –yasovchi qo`shimchasi yordamida boshqa shakllar ham yasalgan va ularni birgalik nisbati shakli bilan aralashtirib yubormaslik kerak: çalışmak, barışmak, yakışmak, yanlışmak, konuşmak va hokazo.
Orttirma nisbat(ettiren görünüş). Fe’lning orttirma nisbati fe’l o`zak yoki negiziga –dir-, -it-, -ir- qo`shimchasi qo`shish orqali yasaladi. Bunda gapning egasi bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo`lmaydi va boshqa otni ish-harakatning bajaruvchisiga aylantiradi: Saçını kestirmişsin (Sochini kesdiribsan). Komşum ustaya bir çardak yaptırdı (Qo`shnim ustaga bir chordoq yasatdi). O mektubu size okutacağım (U maktubni sizga o`qitaman). Zeynep çocuğa sütü içirdi (Zaynab bolaga sutni ichirdi) kabi.
Bu yerda qatnashishi yoki qatnashmasligidan qat’iy nazar, ikki ot (ega) bor. Biri grammatik nuqta’i nazardan ot-ega, ishni bajartiruvchi (yuqoridagi gapda komşu va Zeynep), ikkinchisi mantiqan ot-ega (usta,çocuk). Ko`pincha jo`nalish kelishigida kelgan va gap ichida grammatik jihatdan eganing mantiqan to`ldiruvchisi bo`lgan mantiqiy ega ta`kidlanmagan bo`lsa, bir savol bilan yuzaga chiqadi:
- Saçımı kestirdim. – kimga? – Berbere (sartaroshga)

-Sütü içirdi. –kimga ? – Çocuğa (bolaga).
Albatta, bunday gaplarda har doim grammatik vositasiz to`ldiruvchi ishtirok etadi.
Undan tashqari, orttirma nisbatda faqat ish bajarish ish bajarish emas, bir narsa, voqea-hodisaning bo`lishi, ro`y berishi ham mumkin: Kadın onu güldürdü(Ayol uni kuldirdi) . Şoför arabayı durdurdu (Haydovchi mashinani to`xtatdi). Bekçi ışıkları söndürdü (Qorovul chiroqlarni o`chirdi). Fırsatı kaçırmayınız (Fursatni qo`ldan boy bermang). Bu yolu kısaltacaklar (Bu yo`lni qisqartiradilar)kabi.
Turk tilida orttirma nisbat, asosan, -tir-qo`shimchasi yordamida yasaladi (döndürmek, sevdirmek, saldırmak). Bu qo`shimcha eski turkchadagi –it-va –ir-fe’l orttirma nisbati qo`shimchalarning ustma-ust kelishi natijasida yuzaga kelgan.

Yüklə 56,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin