Toshkent moliya instituti


Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli



Yüklə 65,26 Kb.
səhifə2/4
tarix29.10.2022
ölçüsü65,26 Kb.
#118759
1   2   3   4
Buxgalteriya hisobi

Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli

Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari jami bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorialorderlarga oldindan raqam berilgan bo‘ladi.
Masalan, «Kassa» schyotining debeti va u bilan:
Korrespondentsiyalanadigan schyotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1 memorial-order,
Kassa schyotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi.
Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar bo‘yicha ularni oy oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga ilova qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. Ro‘yxatga olish daftarining jami oylik summasi sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi.
Shu bilan sintetik hisob tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab olinishini tekshirishga erishiladi. Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar Bosh daftardagi sintetik schyotlarga o‘tkaziladi.
Memorial-order shaklining Bosh daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schyot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir schyot bo‘yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Memorial-order shaklining umumiy chizmasi quyidagicha:



Hisobning memorial-order shakli





Analitik schetlar bo‘yicha oborot vedomosti


Yüklə 65,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin