Toshkent moliya instituti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə67/87
tarix12.05.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#126824
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Audit Oquv qollanma I qism Dosmuratov R Fayziyev Sh Qoziyev

Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir.
Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.
O’tkazilgan audit natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi berishni ko’zda tutadigan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda, «tavsiya tavsifiga ega» deb ko’rsatilgan qoida-lardan tashqari barcha auditorlik tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
Tanlab tekshirish ikki turli bo’lishi mumkin:
Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish
Mohiyatan tanlab tekshirish.
Muvofiqlikni tanlab tekshirishning vazifalari. Tekshiriladigan hisobot davri ichida ichki nazorat me’yorlarining tez-tez buzilib turishini aniqlashdan iborat. Bunga korxona rahbariyatining chetdan sotib olingan tovar-moddiy zahiralar va chet tashkilotlar xizmatlari uchun taqdim etilgan schet-fakturalarni to’lashga ruxsat etishi, korxonaga sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar-ni nomlari, miqdori va sifati bo’yicha ularning tegishli hujjatlari bilan solishtirishi misol bo’ladi.
Mohiyatan tanlab tekshirishning vazifasi ichki nazoratning buzilishini qiymat ifodasida o’lchashdan iborat. Mo-hiyatan tanlab tekshirish miqdoriy tanlab tekshirish deb ham ataladi. Bunga buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldiqlari-ni, dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni tasdiqlash, uchinchi shaxslardan tasdiqlar olish, xo’jalik faoliyati ko’rsatkichla-rini tahlil qilish misol bo’ladi.
Buxgalteriya hisobotining muayyan bo’limini tekshiruvdan o’tkazish tartibini ishlab chiqishda auditorlik tashkiloti tekshiruv maqsadlarini va ushbu maqsadga erishishni ta’-minlaydigan auditorlik amallarini aniqlaydi. So’ngra auditor ehtimoldan holi bo’lmagan xatolarni aniqlashi, to’p-lash talab qilinadigan zarur dalil-isbotlarni baholashi va shunga asosan ko’rib chiqiladigan ma’lumotlar to’plamini aniqlashi zarur. Bu to’plam ma’lum tarzda identifikatsiyalanadigan birliklar yig’indisidan tashkil topishi mumkin. Auditorlik tashkiloti to’plam elementlarini tanlashni, audit o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishishga imkon beruvchi, eng samarali va tejamli tarzda o’tkazadi.
Har qanday tanlab tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tanlash ko’lami;

  • kuzatish birligi;

  • tanlash birligi;

  • tanlash uslublari;

  • saylab olish hajmi;

  • salmoqli (reprezentativ) tanlash;

  • tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga tadbiq qilish.

Tekshiruv maqsadlariga erishish uchun tegishli tekshiriladigan to’plamni aniqlash zarur. Chunki, tanlash asosida qilinadigan xulosa aynan shu to’plamga taalluqli bo’ladi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin