Turkuy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga



Yüklə 266,5 Kb.
səhifə2/40
tarix12.05.2022
ölçüsü266,5 Kb.
#115826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
portal.guldu.uz-TURKUY TILLARNING QIYOSIY-TARIXIY GRAMMATIKASI

Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga

qo‘yiladigan talablar

«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

-«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanining predmeti, obyekti, maqsadi, vazifalari va metodlari; turkiy tillar fonetikasi, grammatikasiga oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilish; turkiy tillar oilasiga mansub tillar va ularning hududiy tarqalishi, fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini qiyoslash kabi masalalarni bilishi kerak;

-qiyosiy-tarixiy metod; diaxronik va sinxronik, komponent tahlil, glottoxronologiya, bevosita tarkiblarga ajartish metodlarini amalda qo‘llay bilish; morfologik qayta bo‘linish; etimologik tahlil; nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

-«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanining turkiy tillar shakllanishi va keyingi taraqqiyotini tahlil qilishdagi ahamiyatini asoslash, til birliklari va nutq birliklarining turkiy tillarga xos munosabatini tahlil qilish, qadimgi davrlarga xos tarixiy grammatik shakllarning hozirgi turkiy tillardagi ko‘rinishlarini, leksik birliklarning shakliy va semantik strukturasidagi farqli semalarni tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 8-semestrda o‘qitiladi. «Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Tilshunoslik nazariyasi”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Sotsiolingvistika”, “Til tarixi” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.




Yüklə 266,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin