Urganch davlat universiteti


Topshiriq. Pedogogik jarayonni shaxsga yo‘naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalarini nima uchun metodi orqali ifodalang



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə44/72
tarix26.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124383
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat” fanidan o‘quv-uslubiy

Topshiriq. Pedogogik jarayonni shaxsga yo‘naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalarini nima uchun metodi orqali ifodalang

Pedogogik jarayonni shaxsga yo‘naltirish asosidagi mualliflik texnologiyalari



NIMA UCHUN?




8-mavzu. An’anaviy ta’limga innovatsion yondashuv. Interfaol metodlar va ularning tasnifi.
Rejа:
1. Аn’аnаviy tа’limning mаqsаd vа vаzifаlаri.
2. Hozirgi zаmon аn’аnаviy tа’limining аsosiy tаmoyillаri. Sinf-dаrs tizimi.
3. Hozirgi zаmon аn’аnаviy tа’limining аfzаlliklаri vа kаmchiliklаri.
4. Interfaol metodlar va ularning tasnifi.


Kichik ma’ruza: An`anaviy o’qitish shaklllari. O’nlab yillar o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning samarali modellaridan biri bo’lib qolmoqda.
An`anaviy dars- muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq tarbiyachi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.
O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars - ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda.
Ma`lumki an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida tarbiyachi turadi. Ssu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida tarbiyachi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi.
Markazda o’quvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
• O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish
• Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish
• o’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish
• o’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab-quvvatlash
• Amaliyot orqali o’rganish
• Ikki tomonlama fikr- mulohazalar bilan ta`minlash
• O’qish jarayonini tugri yo’lga qo’yish
• Tarbiyachi- o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs
• o’quv jarayonini baholash
An`anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma`ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sababli, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman o’quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, o’quvchilar o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, tarbiyachi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta`lim vositalaridan o’rinli foydalanish talab etiladi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin