Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə109/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

Sug‘urta da’vosi – sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi munosabati bilan sug‘urta qildiruvchining yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchiga talabi. Sug‘urta hodisasining ro‘y berish sabablarini o‘rganish, zarar miqdorini aniqlash natijasida sug‘urta qildiruvchiga yetkazilgan zararning qoplanishi sug‘urta da’vosining qanoatlantirilishi bo‘lib hisoblanadi. Sug‘urta da’vosini tartibga solish ishlari sug‘urtalovchining ekspertlari yoki adjasterlar yoxud avariya komissarlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta javobgarligi limiti – sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining maksimal javobgarligi. Bu sug‘urta polisida qayd etiladi. Sug‘urtalovchining maksimal javobgarligi bitta sug‘urta riski yoki bitta sug‘urta hodisasi bo‘yicha belgilangan bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta puli – obyektlarni sug‘urta himoyasiga olish maqsadida bir nechta sug‘urta kompaniyalarining o‘zaro birlashishi.
Tibbiy sug‘urta – sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda sug‘urta qildiruvchiga zarur tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash bilan bog‘liq sug‘urta turi. Tibbiy sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Iqtisodi taraqqiy etgan davlatlarda tibbiy sug‘urta majburiy shaklda o‘tkaziladi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimida muhim o‘rin egallaydi. O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta ixtiyoriy shaklda amalga oshiriladi. Hozirda mamlakatimizda majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan.
To‘liqsiz sug‘urta – sug‘urta obyektlarini uning haqiqiy qiymatidan past darajada sug‘urta qilish. Bunday holatda sug‘urta shartnomasidagi summa va obyektning sug‘urtaga qabul qilingan qismining summasi o‘rtasidagi farq sug‘urta qildiruvchining javobgarligida bo‘ladi.
Regress – sug‘urta hodisasining ro‘y berishiga sababchi bo‘lgan uchinchi tomonga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha sug‘urtalovchining talab qilish huquqi. Bu huquq sug‘urtalovchida uning tomonidan sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta qoplamalari to‘langandan so‘ng yuzaga keladi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin