Uz Sugurta Umid doc



Yüklə 2 Mb.
səhifə69/115
tarix26.11.2023
ölçüsü2 Mb.
#135168
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115
Ozbekiston sugurta bozori Shennayev X 038ed

918-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug‘urta

qilish


Boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sug‘urtalanishi mumkin.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfi sug‘urtalangan shaxs sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilishi lozim. Agar bu shaxs shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchining o‘zining javobgarlik xavfi sug‘urtalangan hisoblanadi.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi, hatto shartnoma zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi yoki boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud shartnomada u kimning foydasiga tuzilgani ko‘rsatilmagan taqdirda ham, zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar (naf oluvchilar) foydasiga tuzilgan deb hisoblanadi.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik uni sug‘urta qilish majburiy bo‘lgani sababli sug‘urtalangan taqdirda, shuningdek, qonunda yoki bunday javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda sug‘urta shartnomasi o‘z foydasiga tuzilgan deb hisoblanuvchi shaxs zararni sug‘urta puli doirasida to‘lash to‘g‘risida bevosita sug‘urtalovchiga talab qo‘yishga haqli.

919-modda. Shartnoma bo‘yicha javobgarlikni sug‘urta qilish


Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilishga qonunda nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha faqat sug‘urta qildiruvchining o‘zining javobgarlik xavfi sug‘urtalanishi mumkin. Ushbu talabga muvofiq bo‘lmagan sug‘urta shartnomasi o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi, bu shartnoma shartlariga ko‘ra sug‘urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim bo‘lsa, o‘sha taraf – naf oluvchi foydasiga, hatto sug‘urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham, sug‘urtalangan hisoblanadi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin