Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo‘limiga qarashli


Ta’lim tizimidagi “O`zbekiston Qahramoni” unvoni sovrindorlari bizning faxrimiz va g`ururimiz, ulardek bo`lish esa orzuimiz



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə9/12
tarix26.03.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#124388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6-sinf sinf soati ish reja va dars ishlanma 2022-2023-yil

Ta’lim tizimidagi “O`zbekiston Qahramoni” unvoni sovrindorlari bizning faxrimiz va g`ururimiz, ulardek bo`lish esa orzuimiz.
Ta’lim yulduzlari biz pedagoglarga ibrat, yosh avlod esa ular bilan tanishib oling: Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniydan:
Siz qanday qilib shunday ilmga erishdingiz?- deb so’rashganida, alloma kamtarlik bilan shunday javob bergan ekan:
Savol beruvchi til, biluvchi qalb, mening qobiliyatimni topa olgan va iqtidorimni anglagan sabrli muallim mehnatiga tasanno.
Ulug` bobomizning bu tariqa ustoz xizmatini alohida e’tirof etganligi bejiz emas.Zero, Sharq ta’lim tizimining mazkur ilg`or usuli yevropolik tadqiqotchilar tomonidan ham ibratli tajriba sifatida baholangan edi.

Sergeli tumani 300-maktabning matematika ustozlari Mavjuda Shoniyozova, O`g`iloy Razzoqova va Hamida Artiqboyeva ham buyuk matematik ajdodlarimizning ishlarini davom ettirib yoshlarga matematika sirlarini o`rgatib kelmoqdalar. Ularning qanchadan qancha shogirdlari oliygohlarda ta’lim olmoqdalar.Yana bu ustozlar maktabimizdagi “Kichik akademiyaning” faxri tashkilotchilaridan bo`lib, o`quvchilari ham bir necha ilmiy kashfiyotlar qilishdi. Mavjuda Shoniyozova “Xalq maorifi a’lochisi”, “Ustoz” maqomiga ega hamda doimo ta’lim markazi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Juda ko`plab iqtidorli o`quvchilarga ta’lim-tarbiya bergan, matematika bo`yicha jahon olimpiyada bronza medali sohibi Azizxon va Malayziyada ta’lim olayotgan Xurshidjonlarning muvaffaqiyati matematika o`qituvchisi Razzoqova O`g`iloy opaning mehnatlari samarasi hamdir.
Hamma ustozlarga sog`lik, uzoq-umr tilab, shunday niyat qilamiz-
“… Yursam deyman shu tabarruk izingizdan ustozlar”.

Topshiriq: Har bir maktabning faxrli va keksa avlod vakillari bo`ladi, o`quvchilar ularga atab dil izohlarini taqdim etadilar. Bunda o`quvchilarning so`z boyligi va adabiyotga ixlosi kuzatiladi. Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. MMIBDO’:______________



Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin