LexUZ sharhi 3-ilova norasmiy tarjima. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
XMI/XHMT bilan qarz muzokaralarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasining TARKIBI
1. Loyiha tashabbuskorining rahbari yoki o‘rinbosari ― delegatsiya rahbari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakili (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakili) ― delegatsiya rahbarining o‘rinbosari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi vakili.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili.
5. Loyihani amalga oshirishga aloqador, muzokaralarda ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha ishtirok etishi zarur vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning vakillari.
Qarz muzokaralari o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida rejalashtirilayotganda, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
LexUZ sharhi 4-ilova norasmiy tarjima. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA