qarz (kredit) mablag‘lari yoki moliyalashtirish ― loyiha tashabbuskoriga moliyaviy bitim asosida muayyan maqsadlar va aniq muddatga beriladigan XMI/XHMT qarz (kredit)lari va pul mablag‘lari;
xarid tartib-taomillari ― XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalar doirasida tovar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha, shu jumladan “tayyor holda topshirish” shartlari asosidagi, harakatlar majmui. Xarid tartib-taomillari xarid rejasini kelishib olish sanasidan to tuzilgan kontraktlarni ro‘yxatga olish sanasiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi;
loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) ― XMI/XHMT ishtirokida loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan davlat organlari, budjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar;
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) ― O‘zbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni, amalga oshirayotgan xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki O‘zbekiston Respublikasi kafilligi ostida qarzlari (kreditlari) jalb etilayotgan davlat banklari va taraqqiyot jamg‘armalari, Eksimbanklar;
ijro agentligi ― loyihani amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot (tashkilotlar);
xalqaro moliya institutlari (XMI) ― davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;
loyihani amalga oshirish monitoringi ― qarorni qabul qilish jarayonini yaxshilash hamda loyiha boshqaruvi samaradorligini ta’minlash maqsadida loyihani amalga oshirilish doir ma’lumotlarni tizimli to‘plash, ishlov berish va tahlil qilish;
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) ― tarmoq vazirliklari va idoralari huzurida tashkil etilayotgan, loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlarni o‘rganuvchi kollegial organ. TITK yo‘qligida, uning funksiyalarini ushbu Nizomga muvofiq loyiha tashabbuskori tomonidan tuzilgan kollegial organ bajaradi;
xaridlar rejasi ― mazkur Nizomda belgilangan, zaruriyat bo‘lganida, yangilanishi va o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan, XMI/XHMT bilan kelishilgan hamda loyihaning TIA qismi va loyiha oldi hujjati hisoblangan, loyiha bo‘yicha xaridlarning rejalashtirilgan uslub, tamoyil va asosiy parametrlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat;