5-bob. Moliyalashtirishni ochish, loyihani amalga oshirishni boshlash 36. Loyiha tashabbuskori hamda moliyaviy bitimni imzolagan vazirlik, idora yoki tashkilot rahbari uning kuchga kirishi uchun kerak bo‘lgan barcha shartlar bajarilishini ta’minlaydi.
Moliya bitimi, qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim, loyiha bitimi, subsidiar bitim, huquq va talablarni o‘zgacha o‘tkazish bitimi, xat-bitimlar hamda kuchga kirish sharti hisoblangan yuridik xulosa berilishi zarur bo‘lgan boshqa bitimlar bo‘yicha yuridik xulosa hamda davlat kafolatlari bo‘yicha yuridik xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan imzo qo‘yuvchining so‘rovnomasi hamda XMI/XHMTga maqbul bo‘lgan shaklda, qonunchilik talablariga muvofiq beriladi.
Oldingitahrirga qarang. 37. Agar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi moliyaviy bitimning imzo qo‘yuvchisi bo‘lmasa, imzo qo‘yuvchi uni imzolaganidan keyin ikki kun muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mazkur moliyaviy bitimning nusxasini taqdim qiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) 38. XMI/XHMT hisob raqamidan qarz (kredit) mablag‘larini yechishni amalga oshirish maqsadida (shu jumladan XMI/XHMT qarz (kredit) mablag‘i hisobidan maxsus hisob raqamni to‘lash va to‘ldirish) loyiha tashabbuskori XMI/XHMT hisob raqamidan qarz (kredit) mablag‘larini yechish uchun vakolatli shaxslarning imzo namunalarini imzo qo‘yuvchiga kiritadi.
39. Agar loyihada qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, loyiha tashabbuskori moliyaviy bitimni imzolash oldidan uni, zaruriyat tug‘ilganida, XMI/XHMT bilan kelishish hamda tayyorlanishini ta’minlaydi.
Qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitim moliyaviy bitim imzolanganidan sandan boshlab bir hafta muddatda imzolanadi. Mazkur bitim tomonlarining qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash jarayonini asossiz cho‘zib yuborishiga yo‘l quyilmaydi.
40. XMI/XHMT hisob raqamidan mablag‘ yechish uchun buyurtmanomalar imzo qo‘yuvchi tomonidan qarz (kredit) mablag‘larini yechishga tegishli buyurtmanomalarni imzolash vakolati berilgan shaxslar tomonidan imzolanadi.