IX-
asrdayoq “Algebra” deb atalgan fanga asos solgan Al
-Xorazmiyning,
Xristofor Kolumbdan qariyb besh asr oldin okean ortida qur
uqlik, ya’ni
keyinchalik Amerika deb
nom olgan qit’a borligini bashorat qilib, ilmiy asoslab bergan Abu Rayhon
Beruniyning, bashariyatga “Tib qonunlari” nomli mashhur asarini yozib qoldirgan
ulug’ ajdodlarimiz Abu Ali Ibn Sinoning, Rudakiy, Firdavsiy, Mahmud Qoshg’ariy,
Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Pahlavon Mahmud kabi buyuk
siymolarning ma’naviyat va ma’rifatga oid qarashlari va ta’limotlari ikkinchi Sharq
Uyg’onish davri mutafakkirlariga hayotbaxsh ma’naviy ozuq, bebaho ilmiy meros
bo’
lib xizmat qilgan.
To’rtinchidan, ikkinchi Sharq Uyg’onish davri aynan bir
paytning o’zida ham tabiiy, ham ijtimoiy
-gumanitar fanlarning gurkirab
rivojlanganligi bilan tavsiflanadi. Buning muayyan sabablari bor, albatta. Sun’iy
sug’orishga asoslangan xo’j
alikni rivojlantirish, kemasozlik, dengiz sayohati, harbiy
sanoatni o’stirish, qurilish
-
arxitektura, me’morchilik, dehqonchilik va chorvachilikni
jadallashtirish, Evropa va Osiyoning, dunyoning boshqa ko’pchilik mamlakatlari
bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy,
madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish va yaxshilash
astronomiya, geometriya, matematika va boshqa tabiiy fanlarning taraqqiy etishini
taqozo etgan bo’lsa, jamiyatning o’sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
esa ijtimoiy-
gumanitar fanlarning o’sishin
i talab qilar edi.
Yuzaga kelgan ob’ektiv ehtiyoj va zaruriyatlar asosida XIV
- XV asrlarda tabiiy
fanlardan astronomiya ilmi, ayniqsa, rivojlandi. Matematika sohasidagi olamshumul
ixtirolar, yulduzlar jadvali, bino qilingan rasadxona o’sha davr tabiiy fanl
arining
cho’qqisi bo’lib, ana shu buyuk kashfiyotlar madaniyat va ma’rifat tarixida yangi
sahifa yaratdi hamda ilm-fanning keyingi tarqqiyotida chuqur iz qoldirdi.
Bu davrda tibbiyot ilmi sohasida ham ulkan yutuqlarga erishildi. Tabobatda nomlari
dunyoga mashhur allomalar etishdi.
XIV-XV asrlarda tarix, mantiq, falsafa, fiqx, tilshunoslik, adabiyotshunoslik ilmlari,
tasavvuf ta’limoti, badiiy adabiyot, nazm va nasrda, g’azal va ruboiyotda,
odobaxloq va ta’lim
-
tarbiya ilmlari sohasida o’z davrining buyuk mut
afakkirlari,
ilm-
fan, madaniyat va ma’rifatning porloq yulduzlari, cho’qqilari etishib, kamol
topdilar. Mahdumi A’zam, Sayyid Mir Kulol, Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru,
Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin Vosifiy, Abdurahmon
Jomiy, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mir
Sayyid Jurjoniy va boshqa yuzlab ulug’ siymolar o’sha davr madaniyati va
ma’rifatining so’nmas yulduzlaridir.
Beshinchidan
, XI asrdan boshlab yoyila boshlagan tasavvuf ta’limoti ikkinchi
Uy
g’onish davriga kelib Movarounnahr va Xuroson ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
madaniyma’naviy hayotida katta o’rin tuta boshladi. Hukmdorlar tasavvufning
barcha suluklariga, turli o’lkalardagi mutasavvuflarga hurmat ko’rsatganlar,
mashoyixlar, so’fiylar, say
yidlar, oqilu donolar, ulamolar va boshqa diniy
arboblarga in’om, sovg’a, er
-suv, kiyim-kechak, mol-mulk belgilanib, har biriga
o’ziga munosib mansab, vazifa berilgan. Davlat hokimiyati islom dini asosida
mustahkamlanib, takomillashib borgan. Har shahar va viloyatda qozi, diniy
masalalarda qaror chiqaruvchi, fatvo beruvchi muftiy, islom marosimlari,
urf-odatlari va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi muxtasiblar
tayinlangan.
Tasavvuf ta’limotining
Dostları ilə paylaş: |