Baxouddin Naqshband, Xoja Ubaydulloh
Ahror
(14041490) singari yirik siymolari o’zlarining asarlari va hikmatlari bilan
jamiyatning ma’naviy poklanishi va rivojlanishi yo’lida faol xizmat qildilar. Ular o’z
davrining sehrli kuchga ega bo’lgan donishmandi, ruhshunosi bo’lishgan. Odamlar
ularga
yuksak ixlos va e’tiqod bilan qarashgan.
Xoja Ahror shaxsining naqadar buyukligini hukmdorlarni o’zaro yarashtirib, behisob
qon to’kilishlarining oldini olganligi misolida ko’rish mumkin. Samarqand hukmdori
Sulton Ahmad, Toshkent hukmdori Sulton Mahmud va Andijon hukmdori Umar
Umar Shayx Mirzo oralarida nizo chiqib, ming-minglarcha askarlar jangga shay
bo’lib, bir
-birlariga qarshi tashlanay deb turgan paytda Xoja Ahrorning astoydil
harakati bilan to’qnashuvning oldi olingan, aka
-uka hukmdorlar murosaga
kelt
irilgan. Shu tariqa falokatning oldi olingan. O’zbekiston Prezidenti tomonidan
ta’kidlanishicha, “Bu mutafakkir zot o’z davrida 25
-30 yil mobaynida Markaziy
Osiyodagi xalqlarni birlashtirish, siyosatchilarning boshini qovushtirish orqali har xil
to’qnashuv
larning oldini olish uchun bor kuch-
g’ayratini sarflagan, uning yuksak
obro’
-
e’tibori bunda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. “Shayxlar shayxi” deb nom
olgan bu ulug’ zotning gapini biror hukmdor, hokim, shahzoda ikki qilmagan. Nega
deganda, xalq uni boshi
ga ko’targan. Biz ham bunday aziz ajdodlarimizni
boshimizga ko’tarishga tayyormiz”.
Oltinchidan,
bu davrlarda, ayniqsa, XV asrda va XVI asr boshlarida tasviriy san’at
sohasidagi katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ana shu davrlarda Behzod, Mirak
Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzaxxib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar
kabi iste’dodli mo’yqalam sohiblari etishdilar. Bizgacha saqlanib qolgan tasviriy
san’at obidalari va yozma manbalar Movarounnahr va Xuroson tasviriy san’atining
o’ziga xos uslubini, musavvirl
ar ijodiyotining xayoliy mahumlikdan hayotiylikka,
realistik tasvirga tomon rivojlanib borganini ko’rsatadi.
Zamondoshlari tomonidan ikkinchi Moniy, keyinchalik g’arb olimlari tomonidan
“Sharq Rafaeli” deb ulug’langan Kamolliddin Behzod ijodi va u asos sol
gan
miniatyura maktabi ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi.
U o’zining ijodi bilan butun
Sharqdagina emas, balki Ovrupada ham mashhur bo’ldi.
Kamoliddin Behzod bo’yoqlarining mayin va go’zalligi, o’ta jonliligi, nafis va nozik
chiziqlarning ko’zga yaqqol tashl
anganligi, tabiat manzaralari, hayvonot olami,
inson va uning hayotiy jarayonlarini g’oyatda aniq, jozibador tasvirlay olganligi
bilan O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston, Ozarboyjon va boshqa o’lkalar tasviriy san’ati
taraqqiyotiga kuchli ta’sir etdi.
Dostları ilə paylaş: |