Xususiyatlari



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix18.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#117047
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
ozbek tilida modal sozlar va ularning uslubiy xususiyatlari

haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat ( eskirgan ) kabi. Darhaqiqat, bu
mojaroning boshqa oqibatlari hozir uning ko„ziga o„z – o„zidan
barham topgan va topayotganday ko„rinar edi. ( Abdulla Qahhor ).


31 
Haqiqatan, keyinroq eshitsa, kelini: “Yana o„qiyman” degan gap
chiqaribdi ( Odil Yoqubov ) kabi; 
2) fikrninig qat‘iyligini ifodalovchilar: shubhasiz, shaksiz, so„zsiz 
kabi. Bu, shubhasiz, bizning yutug„imiz ( Abdulla Qahhor ) kabi. 
3) anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi:
albatta ( she‘riyatda albat  shaklida ham uchraydi ): Lekin jigar…Esga
tushsa achinaman, albatta ( Uyg‗un ). …bu gapining ham ustidan
chiqadi, albatta ( Odil Yoqubov ) kabi; 
4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini
ifodalovchilar: o„z – o„zidan, tabiiy kabi. Tabiiy, Yefim Yefimovich ham
bu yangi do„stlaridan osonlikcha ko„ngil uzolmas edi ( Hakim Nazir)
kabi; 
5) fikrning chinligi, realligini eslatuvchilar: rostdan, darvoqe, aslida
( asli ba‘zan aslan shaklida ham uchraydi ): Darvoqe, bu gap
raisning uyida ham aytilgan edi ( Said Nazar ) kabi. 
2. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar o‗z navbatida
quyidagicha guruhlanadi: 
1) fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar: shekilli, chog„i,
chamasi kabi: Ha, yana bir ta‟ziringni beradigan bo„ldim, chamasi!
( Uyg‗un ). Bu gapim raisga og„ir botdi, shekilli, o„zi bosh bo„lib
bolalarini dalaga olib chiqdi  ( O‗tkir Hoshimov ) kabi; 
2) fikrning gumonli ekanini ifodalovchilar: ehtimol, balki kabi:  
Balki, u yerlarda ko„p dilbar Manzaralar jilva qilgandir… ( Uyg‗un ).
Boshqa payt bo„lganida Latofat, ehtimol, bu faryodga chidab
turolmasdi ( Odil Yoqubov ) kabi; 


32 
3) fikrning tusmolli ekanini ifodalovchilar: hoynahoy, aftidan,
mazmuni kabi: Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan…shu yerda
biron mojaro boshlab dod solmoqchi edi  ( Abdulla Qahhor ) kabi; 
4) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar:
har qalay, har holda kabi: Jahonning kattaligi aniq o„lchangancha
yo„q; har holda bir soldatning qalbidan kichik bo„lur ( G‗afur
G‗ulom ) kabi. 
Ayrim modallar yuz bergan voqea – hodisadan so‗zlovchining
taajjubini, afsusini ifodalaydi: ajabo, attang, esiz, tavba, xayriyat
kabi: Ajabo, shu o„zimizning Saodatmi?! ( G‗afur G‗ulom ). Attang,
shunday dolzarb vaqtda eng yaxshi brigadirimiz yotib qoldi – da  
(Abdulla Qahhor ) kabi. 
Modal so‗zlar gap tarkibida ko‗pincha kirish so‗z bo‗lib keladi.
Modal so‗zlar kirish bo‗lak bo‗lib kelganda gapga qanday ma‘nolarni
yuklaydi? Bu haqda quyidagi tasnifdan bilib olsak bo‗ladi:  
1. So‗zlovchining anglatilayotgan fikrga ishonch darajasini
ifodalaydi. Bu vazifada, asosan, modal birliklar, qisman boshqa
turkumlarning birliklari, jumladan, sifat kelishi mumkin: Rost, narigi
xo„jaliklar undan ancha keyin, asosan, shu yil bahorda ish
boshlashgan ( Odil Yoqubov ). … nizo ham o„shandan boshlandi,
to„g„rirog„i, ilgariroq boshlangan olovga o„sha kun lampamoy sepildi
( Odil Yoqubov ) kabi. 
2. So‗zlovchining anglatilayotgan fikrga his – tuyg‗u jihatidan
munosabatini ifodalaydi: attang, ajabo, xayriyat, obbo, ofarin kabi:
Xayriyat, atrofda deyarli hech kim yo„q ekan  ( Asqad Muxtor ). Voy
o„lmasam, qizim, ko„taring boshingizni, nima bo„ldi ( Asqad Muxtor ).
Sekinroq aytasizmi, uka?! ( O‗tkir Hoshimov ) kabi. 


33 
3. Anglatilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini bildiradi:
nazarida, menimcha, aytishlaricha, eshitishimcha, eshitishimga qaraganda
kabi. …nazarida himoya degan narsa bunaqa oppa – oson bo„lmasligi
kerak ( Odil Yoqubov ). Eshitishimga qaraganda, qishloq
biylari…Qudratxo„jani yuzboshi qilib tayinlamoqchi emish ( Odil
Yoqubov ) kabi. 
4. Eslatishni, e‘tibor jalb qilishni bildiradi: zotan, qarabsizki kabi:
Ha, aytmoqchi, Vohidxo„janing o„g„li Qudratxo„ja hali ham tirik  ( Odil
Yoqubov ). Zotan, qarigan chog„ingda uning ishiga bosh suqib nima
qilasan  ( Odil Yoqubov ). Qarabsizki, biri kombinat direktori, biri – 
bosh injener  ( Odil Yoqubov ) kabi. 
5. Fikrlarning o‗zaro munosabatini ko‗rsatadi: 
1) Izohlovchi fikrga o‗tishni bildiradi: masalan, jumladan, chunonchi,
ya‟ni, boshqacha qilib aytganda kabi. Boshqacha qilib aytganda,
masala nihoyatda murakkablashib ketdi ( Odil Yoqubov ); 
2) Zid fikrga o‗tishni bildiradi: aksincha kabi: … hech kim undan
nolimas, aksincha, hamma uni … yaxshi ko„rardi (Odil Yoqubov ) kabi; 
3) Umumlashtiruvchi fikrga o‗tishni bildiradi: qisqasi, umuman,
binobarin, demak, xullas ( xullasi kalom ), shunday qilib kabi: … shu
yosh olim o„tkazgan tajribalarga, umuman, uning ilmiy ishiga shubha
bildirmoqchisiz ( Odil Yoqubov ). Shunday qilib, O„tap bu cho„lgashta
oilani Qumqishloqqa boshlab ketdi  ( Hamid G‗ulom ) kabi; 
4) Fikrlarning oldin –ketinligini bildiradi: avvalo, avvalambor, nihoyat
kabi: Avvalambor, bu ko„rikka salkam ikki yuz kishi to„plandi ( Odil
Yoqubov ). Nihoyat, o„zini bosib olib, bosh vrachdan g„amgin
ohangda so„radi  ( Hamid G‗ulom ) kabi. Bunday vazifada chiqish
kelishigidagi birinchidan, ikkinchidan kabi tartib son ham ishlatiladi. 


34 
6. Kishilar orasidagi muomala – munosabatni anglatadigan assalomu-
alaykum, vaalaykum assalom, xayr, marhamat, rahmat, hormang – salomat
bo„ling ( bor bo„ling )  kabi leksemashakllar ayrim manbalarda kirish
bo‗lak deyiladi; asli bular gap deb baholanishi to‗g‗riroq. Ibodulla
o„zini boshdan oyoq ko„zdan kechirayotgan yigitga qo„l uzatdi: “ 
Assalomu alaykum…” ( Hamid G‗ulom ). Mavlon aka qo„shdan boshini
ko„tarib Qamchiga javob qildi: “ Bor bo„l, Qamchivoy”  ( Hamid
G‗ulom ) kabi va boshqalar. 
Umuman olganda, tilshunoslikda modal so‗zlarning tasnifi va
tarkibiga oid hali to‗la – to‗kis bir qarorga kelinmagan. Ilmda
to‗xtalish bo‗lmaganidek, bu masalaga ham aniq bir yechim toppish
juda mushkul. Chunki o‗zimiz ko‗rganimizdek, modal so‗zlar nafaqat
tasniflanish bobida, balki boshqa jihatlardan ham o‗rganilishi kerak
bo‗lgan yuzlab qirralarga ega. Modal so‗zlar tasnifi va tarkibi esa ana
shu yuzlab qirralarning bor - yo‗g‗i bir jihati xolos. 


35 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin