Yangi tahrirdagi o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi fani bo‘yicha o‘quv uslubiy majmua


-modda.Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili oʼzbek tilidir



Yüklə 330,36 Kb.
səhifə5/30
tarix13.12.2023
ölçüsü330,36 Kb.
#139942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Yangi tah. O\'z Res Kons majmua

4-modda.Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili oʼzbek tilidir.
Oʼzbekiston Respublikasi oʼz hududida istiqomat qiluvchi millat va yelatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Til davlatning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari, xalq maʼnaviy kamolotining abadiy mahsuli sifatida doim qadrlangan. Har bir davlatning oʼz tiliga ega boʼlishi xalqni birlashtiruvchi, jisplashtiruvchi qadriyat sifatida ham eʼtirof etiladi. 1989 yil 21 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonun bilan Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi mustaqillik uchun qoʼyilgan dastlabki qadam sifatida qaraladi. Bu ham mustaqil davlat uchun tilning ahamiyati qanchalik zarur ekani dalilir. Oʼzbek tilining davlat tili sifatida belgilanishi, davlat organlarida ish yuritish, qonunchilikning oʼzbek tilida yuritilishini taʼminlaydi, bu qonunda ham mustahkamlangan. Bu esa oʼz navbatida fuqarolarimizga oʼz huquq va erkinliklariga oid barcha hujjatlar bilan erkin, mustaqil, hech qanday muammolarsiz tanishish imkonini beradi. Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, koʼp millatli xalqimizning boshqa tillari, ularning urf-odatlari va anʼanalarining birdek hurmat qilinishi bilan birgalikda olib boriladi. Buning amaliy ifodasi sifatida, turli tillarda chop etilayotgan kitoblar, gazeta, jurnallar, ommaviy axborot vositalari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turli millatlarning milliy-madaniy markazlarini keltirishimiz mumkin.
5-modda. Oʼzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʼz davlat ramzlari — bayrogʼi, gerbi va madhiyasiga yega.Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
Davlat ramzlari davlat mustaqilligining belgilaridan biri hisoblanadi.
Davlatimiz ramzlarida xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadriyatlari, taraqqiyot yoʼli aks ettirilgan. Har bir davlat ramzi boʼyicha alohida qonunlar qabul qilingan.Xususan, 1991 yil 18 noyabrda “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi” toʼgʼrisidagi, 1992 yil 2 iyulda “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat gerbi” toʼgʼrisidagi, 1992 yil 10 dekabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi” toʼgʼrisidagi qonunlar bilan davlat ramzlarining shakli, tuzilishi, ulardan foydalanish tartibi belgilangan.Har bir qonunda fuqarolar, shuningdek Oʼzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʼzbekiston Respublikasining Davlat ramzlarini hurmat qilishlari shart ekanligi mustahkamlangan.Davlat ramzlarining himoyasini taʼminlash maqsadida ularga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Yüklə 330,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin