Yangi tarix tushunchasi


FRANSIYADA 1791 YIL KONSTITUTSIYASI



Yüklə 147,5 Kb.
səhifə17/26
tarix26.05.2022
ölçüsü147,5 Kb.
#116271
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
jahon tarix

FRANSIYADA 1791 YIL KONSTITUTSIYASI.
Ta’sis majlisi 1791 yil sentabrda Konstitutsiya ustida ishlashni yakunladi. Barcha fuqarolar «faol» va «passiv», ya’ni saylash huquqiga ega bo’lgan va ega bo’lmagan toifaga ajratildi. 25 yoshga to’lgan va 1,5-3 livr (o’rtacha oylikning 3 kunlik miqdori) to’g’ri soliq to’laganlar «faol» fuqarolar hisoblanardi. 9 mln. erkak aholidan 4,3 mln.i ana shunday huquqga ega edi. Saylovlar 2 bosqichli edi. Konstitutsiya Frantsiyada konstitutsion monarxiya tartibotini o’rnatdi. Qonunchilik hokimyati bir palatali Qonunchilik majlisiga tegishli bo’lib, ijro hokimyati vorisiy qirol va u tomonidan tayinlanadigan ministrlar qo’lida edi. Ta’sis majlisi mulkdor tabaqalarning ijtimoiy va siyosiy hukmronligini huquqiy jihatdan belgilab va tasdiqlab qo’ydi. Inqilob lagerida ijtimoiy-siyosiy ajralish boshlandi. Uchinchi toifa endilikda bir xil emas edi. Xalq ommasi va burjuaziyaning radikal qismi inqilobni davom ettirish tarafdori edi. Burjuaziyaning yuqori qatlami va liberal dvoryanlar inqilobdan o’zlari uchun zarur imtiyozlarni qo’lga kiritgach, inqilobni to’xtatish tarafdorlari bo’lib qoldilar. Inqilob davomida Frantsiyada bir qator siyosiy klublar tashkil topib, ular siyosiy partiyalar rolini o’ynadilar. Bu klublar qatoriga felyanlar, Yakobinchilar, kordelyerlar va boshqa klublar kirardi. 1791-1792 yillarda kordelyyerlar klubi eng demokratik klublardan biri bo’lib, u hunarmandlar, «passiv fuqarolar»ni birlashtirgan edi. Bu klubga Marat, Danton, Demulen va boshqalar a’zo edi. Bu klub a’zolari belini ip (kord) bilan bog’lab yuradigan monaxlar monastirida to’planganliklari uchun kordelyerlar klubi nomini olgan edi. Muqaddas Yakob monastirida to’planadigan Yakobinchilar klubi ham katta ta’sir kuchiga ega edi. Bu klub turli yo’nalish tarafdorlarini birlashtirgan edi. Keyinchalik provintsiyalarda bu klubning mingdan ortiq filiallari tashkil topdi. Mirabo va Robesper uning rahbarlari edi. 1791 yilda Yakobinchilar klubida ajralish yuz berib, felyanlarning konstitutsion-monarxistik siyosiy klubi tashkil topdi (felyanlarning ma’naviy ordeni joylashgan monastir). M.Lafayet, A. Barnav, A. Lamet bu klubning etakchilari edi.
Inqilob natijasida ko’plab gazetalar nashr qilina boshlandi. Maratning «Xalq do’sti» gazetasi katta obro’ga ega edi.



Yüklə 147,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin