Yashil iqtisodiyot



Yüklə 161,79 Kb.
səhifə11/15
tarix10.12.2023
ölçüsü161,79 Kb.
#138877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Aholini fuqaro majburiyativa harbiy davri

Savdo ruxsatnomalari. Ular davlat tomonidan belgilanadi, ruxsatnoma, sertifikatlar da’vogarlar o‘rtasida taqsimlanadi yoki auksion orqali sotiladi. Savdo ruxsatnomalari atrof-muhitni ifloslantirishning umumiy darajasi shaklida belgilanishi mumkin. Jumladan, issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish. Issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlaridan kam natijaga erishgan firmalar, o‘z kvotalarining bir qismini boshqalarga sotishda iqtisodiy rag‘batga ega bo‘lishadi. Ushbu dastak kompaniyalar uchun o‘z maqsadlariga erishishlarida qimmat turuvchi texnologiyalarga nisbatan muqobil variant sifatida muammodan chiqishning yaxshi yo‘li hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslantirmayotgan firmalar esa ruxsatnomalarni ushbu maqsadga arzon erishayotgan firmalardan sotib olishadi. Masalan, elektromobil egalari o‘z ruxsatnomalarini oddiy avtomobil egalariga sotishlari mumkin. Oddiy avtomobillardan foydalanuvchilar ushbu ruxsatnomalarni sotib olishlari va o‘z avtomobillaridan foydalanishda davom etishlari mumkin. Bosh g‘oya ekologik maqsadlarga bozor qatnashchilarini samradorlik nuqtai nazardan rag‘batlantirish orqali erishish hisoblanadi.

Axborot dastaklari. Axborot dastaklari iqtisodiy sub’ektlarni yashil iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog‘liq axborotlar bilan ta’minlashning muqobil uslublari yoki usullari to‘g‘risida xabardor qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamoatchilikning suv va elektr energiyani tejashning muhimligi, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash to‘g‘risida treninglar, ta’lim xizmatlari va boshqa axborotlar bilan ta’minlash darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar shular jumlasidandir. Jumladan, aholini ma’lumotlar bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar muayyan itimoiyiqtisodiy va ekologik muammolar to‘g‘risida umumiy tushuncha darajasini oshirish va murakkab siyosiy muammolarning oldini olish imkonini berishi mumkin. Axborotlar bilan ta’minlash dasturlari aholini yashil iqtisodiyotning maqsadi va vazifalariga erishishga olib keluvchi muhim tushunchalarga o‘rgatishi va “yashil iqtisodiyot” bilan munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi.
Amaliyotda sanoat uchun me’yoriy holat hisoblanadigan ixtiyoriy sertifikatlash va markirovkalash misollari ko‘plab uchraydi. Ular ayrim mamlakatlarda birinchi navbatda huquqiy jihatdan talab etiladi. Bundan tashqari korporativ ijtimoiy mas’uliyat dasturlari va dastaklari aksariyat kompaniyalarda oddiy holga aylangan bo‘lib, ular ushbu kompaniyalar va ularning hamkorlari qanday bizes yuritishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Koreya Respublikasida energiya iste’moli darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni energiya smaradorligi va tegishli standartlar bo‘yicha markirovkalash amalga oshiriladi. Ushbu tadbir energiya tejovchi texnologiyalarni rivojlantirishni jadallashtiradi va iste’molchilarning energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilishlarini rag‘batlantiradi. Koreya Respublikasida energiya samaradorligini standartlash va markirovkalash 1992 yildan joriy etilgan. Mazkur dastur energiya tejamkorlik darajasi 1 dan 5 gacha bo‘lgan, katta miqdorda energiya iste’mol qiladigan mahsulotlarni markirovkalashni taqozo etadi.
Mamlakatda energiya tejamkorligi minimal energiya standartlariga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ta’qiqlanadi. KEA minimal energiya standartlariga javob beradigan mahsulotlar ro‘yxatini joriy etadi va ularni majburiy markirovkalashni amalga oshiradi. Ro‘yhatga kirishda energiya iste’moli darajasi 5 darajaga bo‘linadi va reyting 1 dan 5 ga qadar o‘sib borish tartibida amalga oshiriladi. Yuqorida qayd etilgan standartlarga javob bermagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ta’qiqlanadi11.
Barqaror davlat xaridlari yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim harakatga keltiruvchi kuchlaridan hisoblanadi. Birinchidan, barqaror davlat xaridlari davlat organlarining xarid jarayonida mahsulotlar va xizmatlarni tanlashga ekologik va ijtimoiy muammolarni integratsiyalashtirishga ko‘maklashadi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan yashil xaridlar ixtiyoriy axborot dastagi hisoblanadi va xalqaro, milliy tashkilotlar tomonidan rag‘batlantiriladi. Davlat xaridlarining muhim xususiyati ularning bozorga ta’sir etish imkoniyatiga egaligi hisoblanadi. Tahlillar ko‘rsatishicha, davlat tomonidan xarid qilinayotgan barcha mahsulotlar qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotining sezilarli qismini tashkil etadi.
Davlat xaridlari doirasida o‘rnatiladigan mezonlar yetkazib beruvchining malakasiga qo‘yiladigan talablardan mahsulotning texnik talablari (ayrim hollarda xarid qilinganlan keyingi talablar)ga qadar o‘zgarib turadi. Ushbu xaridlar bozorlarning yashillashish darajasini tezlatishi va korxonalar, tarmoqlar uchun yangi me’yorlar yoki standartlarni joriy etishga yordam berishi mumkin. Shu bilan birgalikda davlat xaridlari amalda doimo ijobiy natijalarga olib kelmasligi, xaridlarni amalga oshirishda yashil mezonlardan foydalanish murakkab jarayonga aylanib ketishi mumkin. Ayrim mamlakatlarda mahsulotlarga nisbatan ekomarkirovkalashni joriy etish orqali davlat xaridlarini yashillashtirishga harakat qilinmoqda.

Yüklə 161,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin