Yillarda Buyuk Britaniya



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə3/7
tarix23.05.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#127480
1   2   3   4   5   6   7
BBBBBuyuk britaniya

Irlandiya muammosi .
Angliyaning ichki siyosati keskin masalalardan biri Irlandiya muammosi edi . Irlandiyaning ijaraga yer olib kun ko`ruvchi dehqonlar nihoyatda muhtojlikda yashardilar. Chunki yerlarni XVLL asrdayoq ingliz pomeshchiklari o`zlariniki qilib olgan edilar. Irlandiya bir necha marta ocharchilik bo`lib , minglab irlandiyaliklar ochlik o`ldi . Ko`pchilik irlandiyaliklar tirikchilik qo`yida Amerikaga ko`chib ketdilar . Ochlik , o`lim va ko`chib ketish natijasida aholi 1851 yildagi 6,5 mln kishidan 1900 yilga kelib 4,5 mln kishiga kamayib ketdi.
60 yillarda oxirida Irlandiya masalasi yana siyosiy masalaga aylandi . Irlandiyada fenilarning tor-mor keltirilishi milliy harakatda irlan burjuaziya sining gegimonlik roli ko`tarilishiga yordam berdi . Irlandiya harakati boshida olsterlik protestant pomeshchik Parnel turdi.1875 yil Parnell ingliz parlamentiga deputat bo`lib olib , Irlandiya-ga mustaqil idora qilish huquqinini berilishini (gomrul) talab qildi.
Parnell muxolifati 70 -yillar oxirida nufuzli kuchga aylandi, bu vaqtda irland dehqonlarining " Yer-suv ligasi" ( 1879 yil) degan ommaviy tashkiloti shu muxolifatga tyanch bo`lib turgan edi . Saflarida 250 mingdan ortiq a`zosi bo`lgan bu tashkilotga ishchilar orasidan chiqqan Maykl Devid degan sobiq feni rahbarlik qilardi. lcharachilar yerdan haydalishiga javoban "Yer-suv ligasi" Irlandiyadagi ingliz pomeshchiklariga qarshi ommaviy terror boshlab yubordi .: Pomeshchiklarning qarshi uyjoylariga o`t qo`yildi , erkinlari payhon qilindi. Kurashning lendlordlarga va pomeshchiklar yerdan haydab yuborilgan ijarachilarning yerlarini ijaraga olishga jur`ati yetganlarga baykot qilish singari usullar juda keng rasm bo`lib ketdi .
" Irlandiya inqirozi " ning yangidan paydo bo`lishi Angliya hukumatining ahvolini yana yomonlashtirib yubordi . Hukumatningtaklifiga muvofiq parlament ikkita favqulotda " qonun " Xabeas korpusi aktni bekorqilish va qurol-yarog` qidirib shubha bilan tintuv qilish uchun politsiyaga huquq berish to`g`risidagi qonunlar qqabul qilindi. gladston irlandlarga gomrul o`rnini " Yer-suv aktini" ( 1881 yil) taklif qildi. Bunda 15yil muhlatga renta miqdorini adolat bilan belgilaydigan va ijarachi o`z yer uchastkasini boshqa bir shaxs o`tkazish huquqini beradigan komissiya tuzilishi ko`zda tutilgan edi . Hukumat lendlordlar yerini sotib olish va uni irlandlarga sotish huquqiga ega bo`lib oldi . Bundan faqat pomeshchiklar manfaat ko`rardi : ular yerni juda shartlar blan davlatga sotardilar yoki qishloq xo`jalik mahsulotlrning bahosi tobora kamayadigan sharoitda 15 yil muddatga renta oldilar. Irland "Yer ligasi" - bu qonunga javoban baykotni kuchaytirib pomeshchiklarini qo`rqitish kompaniyasini boshlab yubordi. 1881 yil oktyabrida Panell bilan tuzilgan bitimga muvofiq Irland ijarachi dehqonkMari pomeshchiklarga renta to`lashni davom ettirishlari va baykotning to`xtatishlari, pomeshchik esa ijarachilarning to`lov larini " kechib yuborishlari" lozim edi. Bu bitim bilan Irlandiya liberal burjuaziyasi Parnell qo`li bilan dehqonlar harakatiga Irlandiyaga ozodlik harakati negiziga xiyonat qildi .
1882 yil bahorida Irlandiya inqiroz yangi kuch bilan boshlanib ketdi. " Parnellning xoinligi " Irlandiyadagi mayda terrorchi guruhlarni faollashtirib yubordi.
XIX asrning oxirida jahon agrar inqirozi natijasida ingliz lendlordlari Irlandiyadagi faqat agrar mamlakat holiday saqlab qolish siyosatini o`tkazganiga qaramay , Irlandiyaning shimoliy viloyati Olsterda sanoat rivojlana bordi. Ozodlik kurashchilarining safi kengaydi, ishchilar harakati kuchaydi, kasaba uyushmalari tuzila boshladi. 1898 yili Irlandiya sotsialistlar partiyasi tuzildi. Partiyaning rahbari ziyoli Jeyms Konnoli mustaqil Irlandiya Respulikasi tuzish ishlarini boshladi.

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin