57
Moddiy texnika ta’minoti ishlarini takomillashtirish qurilish tashkilotlarining
omborxonalaridaga materiallar zahiralarining kamayishiga va aylanma mablaglarga
bolgan extiyojning kamayishiga sababchi boladi. Material zahiralaridagi aylanma
mablaglarni ortiqcha bolgan moddiy boyliklarni aniqlash
va realizatsiya qilish, tashish
masofalarini kamaytirish, mahalliy materiallardan foydalanish, asbob-uskunalar
xojaligini togri tashkil qilish va asboblarning xizmat muddatlarni uzaytirish ham ta’sir
etadi.
Me’yordan ortiq materiallar zahiralari hosil bolmasligining muhim shartlaridan
biri tayyorlovchi-zavodlar
tomonidan, ularni komplektlash uchun sarflanadigan vaqtni
qisqartirish maqsadida, tayyor holda va togridan-togri qurilish maydonlariga, yetkazib
berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Masalan: kichik va ortacha kopriklarni qurish uchun turli nomenklaturadagi barcha
yigma-temirbeton elementlarni komplektlash qurilish
maydonida moddiy-texnika
ta’minotidagi uzilishlar sababli ishlarni toxtatib oldini olish maqsadida, avvaldan
tayyorlab qoyilishi kerak. materiallar va konstruksiyalarni tayyorlovchi zavodlar
tomonidan nokomplekt holda yetkazib berilishi qurilishlarda komplektlovchi
zahiralarning ortishiga olib keladi, bu esa oz navbatida
qoshimcha ravishda aylanma
mablaglarga ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Aylanma mablaglarga ehtiyojni kamaytirish uchun yil mobaynida materiallarni
ishlarning bajarilishiga mos ravishda bir maromda yetkazib berish katta ahamiyatga ega.
Yol xojaligida amalda qollaniladigan sezonlik zahira tayyorlash aylanma mablaglarga
bolgan ehtiyojni kopaytiradi va aylanuvchanlikni sekinlashtiradi.
Muomala fondlaridagi aylanma mablaglar strukturasini tahlil qilish belgilangan
normativlardan ortiq anchagina mavhumlashtirilgan mablaglarni aniqlash imkonini
beradi. Bu mablaglar buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan
schetlar boyicha tolovlarni oz vaqtida
amalga oshirmaganliklari uchun, boshqa
tashkilotlar tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar yoki korsatilgan xizmatlarga haq
tolanmasligi natijasida muomala sferasida chiqib ketadilar. Hisob-kitoblarni amalga
oshirishlarda tartib ornatish, moliyaviy intizomga rioya qilish – muomala fondlaridagi
mablaglarning aylanuvchanligini tezlashtiruvchi muhim yoldir
Dostları ilə paylaş: