51
keltirilgan iste‟mol tovarlarini yuqori foyda bilan sotish imkoniyati kichik tad-
birkorlar qatlami - «chelnok»larning vujudga kelishiga olib keldi.
Kichik va o„rta korxonalar rivojlanishining ikkinchi bosqichi 1996 yiln-
ing oxiri va 1999 yilni o„z ichiga oladi. Bu bosqichning o„ziga xos xususiyati
shundan iboratki, unda kichik va o„rta biznesning rivojlanishi birmuncha sekin-
lashdi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida birinchi bosqichga nisbatan ten-
densiyaning vujudga kelishi quyidagi holatlar bilan bog„liq:
iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida davlatning investitsion faoliyati
oshdi, bu esa moliyaviy resurslarning davlat sektori foydasiga qayta taqsimlani-
shiga olib keldi;
kichik korxonalar uchun vositachilik faoliyatidan olinadigan daromadlar dara-
jasi sezilarli darajada qisqardi. Bunga bir tomondan makroiqtisodiyot sohasida
qo„lga kiritilgan yutuqlar, ikkinchi tomondan, 1996 yilning kuzidan boshlab,
importni davlat tomonidan tartibga solishning kuchayganligi ta‟sir ko„rsatdi;
faol investitsion siyosat yuritilar ekan, davlat, eng avvalo, alohida tarmoqlar va
ishlab chiqarish turlarini qo„llab- quvvatlay boshlaydi.
Shuni alohida ta‟kidlash lozimki, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida,
ilm-fan va maishiy xizmat ko„rsatish sohasida faoliyat ko„rsatayotgan kichik va
xususiy korxonalar soni ham nisbiy miqdorda kamaygan. Shunga qaramasdan,
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat ko„rsatayotgan kichik va xususiy
korxonalar soni sezilarli darajada saqlanib qolgan.
Bu sohaning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun jozibadorligi unga
sarflangan xarajatlarni qoplanish muddatining qisqaligi va nisbatan barqaror
iste‟mol talabining mavjudligi bilan tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: