Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə7/66
tarix02.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#114068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Yevropaning tabiiy-ilmiy fikri

16-17 asrlar insoniyat tarixida birinchi ilmiy inqilob hisoblanadi. Chunki, bu davr O‘rta asrdan – Yangi davrga o‘tish bosqichidir. Bu davrda dunyoni yangi manzarasi paydo bo‘lgan. N.Kopernik, G.Galiley, I.Nyutonning kashfiyotlari bunga ko‘maklashganlar.

Bu davrda geliotsentrik nazariyani polyak astronomi N.Kopernik fanga olib kirdi. N.Kopernik “Osmon sferasining aylanishi haqida” asarida Yer Koinotning markazida turadi deb tushuntiruvchi Olam tuzilishining geotsentrik sistemasidan voz kechdi. U Quyoshni Koinotning markazi deb tan oluvchi geliotsentrik sistemani himoya qildi. N.Kopernik Yerni oddiy sayyora qatoriga qo‘ydi va Yer ham boshqa sayyoralarga o‘xshab Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi, degan nazariyani ilgari surdi. Bu esa o‘sha davrda tabiatshunoslikda haqiqiy inqilob edi. Bu vaqtda italiyalik mutafakkir J.Bruno Koinotning markazi yo‘qligini, u chegarasiz bo‘lib, cheksiz sayyoralar sistemasidan iborat ekanligini isbotlaydi.

Yerni markaz deb bilgan din arboblari, J.Brunoni 1600 yil 17 fevralda Rimdagi Gullar maydonida tiriklayin yondirishadi. J.Bruno fojeasi Uyg‘onish davri bilan Yangi davr chegarasida ro‘y berdi. Bu davrda G.Galiley, I.Kepler, I.Nyuton kabi buyuk olimlar tabiatshunoslikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdi.

G.Galiley o‘zi yasagan ko‘rish trubasi orqali astronomik kuzatishlar olib bordi va ixtirolar qildi. Uning kuzatishi bo‘yicha Quyosh ham o‘z o‘qi atrofida aylanadi va uning yuzasida qora dog‘lar mavjud. U Quyosh sistemasidagi eng katta Yupiter sayyorasining 4 ta yo‘ldoshini aniqladi, hozirgi kunda 12 ta yo‘ldosh aniqlangan. U Oydagi krater va tog‘ tizimalarini, Somon Yo‘lini tashkil qiluvchi ko‘pgina yulduzlar to‘plamini ko‘ra bildi. N.Kopernik nazariyasini va J.Bruno g‘oyalarini G.Galiley o‘zini kuzatishlari orqali tasdiqladi.

G.Galiley mexanik tabiatshunoslikka asos soldi. Aristotelning fikriga qarshi chiqib inersiyaga ta’rif beradi va mexanika asoslarini yaratadi. Galiley birinchi bo‘lib, mexanikani nazariy fan darajasiga olib chiqdi. Uning fikricha, haqiqiy bilim faqat tabiatni kuzatish, tajriba (eksperiment) va matematik aql orqali keladi.

Ilm-fan turli to‘siqlarga qaramasdan taraqqiy etaverdi. G.Galileyning astronomik kuzatishlar asosida yozilgan asariga yuqori baho bergan va o‘z nazariy ishlari bilan mashhur nemis astronomi va matematigi I.Kepler (1571-1630 yillar)ning ilmiy ishlari tahsinga loyiq. I.Kepler “Yangi astronomiya” asarida yulduzlar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. “Olam garmoniyasi” asarida esa, uchinchi qonunni bayon qildi.

I.Keplerning ilm-fan olamida eng asosiy yutug‘i, uning tomonidan sayyoralar harakatiga oid qonunlarning kashf etilishi bo‘ldi.

1-qonun: Har bir sayyora ellips bo‘ylab harakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy bo‘lgan fokusida Quyosh yotadi;

2-qonun: Quyoshdan sayyoraga o‘tkazilgan radius-vektor teng vaqtlar ichida teng sayyoralar chizadi;

3-qonun: Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati, ularning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi kublari nisbatiga teng.

I.Kepler sayyoralar harakatining sabablarini ko‘rsatib bermadi, chunki, o‘sha davr mexanikasi hali to‘liq rivojlangan emas edi.

Ilm-fan inqilobining ikkinchi bosqichi insoniyat tarixidan munosib o‘rin olgan I.Nyutonning ilmiy faoliyati bilan yakunlanadi.

I.Nyuton (1643-1727 yillar) – ingliz fizigi, matematigi, astronomi. Nyuton mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, ko‘zguli teleskopni kashf qildi. U birinchi bo‘lib yorug‘lik to‘lqin uzunligini o‘lchagan. Nyutonning “Natural filosofiyaning matematik negizlari” (“Negizlar” 1687 yil) uning eng muhim ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida o‘zidan ilgari o‘tgan olimlar – G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler, X.Gyuygens, R.Guk, E.Galley va boshqalar hamda o‘zi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan va klassik fizikaning asosi bo‘lgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan. Klassik mexanikasining asosiy tushunchalari – massasi va zichligiga ekvivalent bo‘lgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent bo‘lgan harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga ta’rif bergan. O‘zining 3 mashhur “aksioma yoki harakat qonunlari”ni ta’riflangan. Nyuton mexanikasining tabiatdagi turli hodisalarni tushuntira olishi fizika va kimyoning ko‘p sohalariga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Nyuton ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chiqishni talab etardi.

Umumlashtirilgan qonundan 16-19 asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqalar ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika fani shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin