°збекистон республикаси ·ишло·



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/42
tarix28.04.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#115572
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
53858bb5a2aa2

1) Кulrang tanali, uzun qanotli (VV VV) 

2) Кulrang, kalta qanotli (Vv vv) 

3) Qora tanali, uzun qanotli (vv VV) 

4) Qora tanali, kalta qanotli (vv vv). 

Lekin duragaylar son jihatdan bir-biriga bo‘lgan nisbati genlarning mustaqil 

taqsimlanishida kuzatiladigan nisbatga (1:1:1:1) to‘g‘ri kelmadi. Morganning bu 

tajribasi natijasida olingan duragay pashshalarning kulrang tanali uzun qanotlilari 




 

44 


41,5%,  qoratanali  kalta  qanotlilari  41,5%,  kulrang  tanali  kalta  qanotlilari  8,5% 

va  qora  tanali  uzun  qanotlilari  8,5%  bo‘lib  chiqdi.  Tajriba  natijalari  shuni 

ko‘rsatdiki,  chatishtirish  uchun  olingan  urg‘ochi  duragay  pashshalarda  birikkan 

gen  guruhlarining  buzilishi  sodir  bo‘lib,  genlarning  yangi  to‘plami  paydo 

bo‘lgan,bu  esa  yangi  belgilarning  yuzaga  kelishiga  olib  kelgan.  Shuning  uchun 

17  %  (8,5%    8,5  %)  duragay  pashshalarda  ota-onada  bo‘lmagan  yangi  belgi 

paydo bo‘ldi. 

Genlarning  birikkan  holatining  buzilishi  xromosomalarda  bo‘ladigan 

chalkashuvga  (krossingoverga)  bog‘liq.  Hujayralarning  birinchi  meyotik 

bo’linish davrining paxinemasida gomologik (o‘xshash) xromosomalar bir-birlari 

bilan 

o‘zlarining 



gomologik 

qismlarini 

almashtiradilar. 

O’xshash 

xromosomalardagi  o‘xshash  qismlarning  bir-birlari  bilan  almashinishiga 

chalkashuv  (krossingover)  deyiladi.  Agar  gametada  chalkashuv  sodir  bo‘lgan 

xromosomalar  bo‘lsa  bunday  gametani  chalkashuvli  gameta  va  bu  gametadan 

hosil 


bo‘lgan  organizmni  chalkashuvli  organizm  deyiladi.  Drozofila 

pashshalarining 

faqat 

urg‘ochilari 



xromosomalarida 

chalkashuv 

bo‘lib,erkaklarida  esa  kuzatilmaydi.  Shuning  uchun  yuqorida  ko‘rsatilgan 

digeterozigotali  urg‘ochi  pashsha  (VvVv)  xuddi  shunday  genotipli  erkak 

pashshalarda farq qilib ikki xil emas, balki to‘rt xil gametalarni hosil qiladi. Bu 

gametalardan ikkitasi chalkashuvli, ikkita esa chalkashuvsiz bo‘ladi. Yuqoridagi 

tajribadagi  birinchi  va  ikkinchi  holatda  genlarning  to‘liq  birikkanligi  saqlanib 

qoladi,  uchinchi  va  to‘rtinchi  holatda  esa  duragaylar  chalkashuvli  gametalardan 

rivojlanganligi  uchun  ularda  genlarning  to‘liq  birikkanligi  buziladi,  ya’ni 

genlarning yangi to‘plami paydo bo‘ladi. 

Morgan  xromosomalarning  chalkashuvi  va  genlarning  birikish  hollari 

asosida  genlar  orasidagi  masofani  aniqlash  usullarini  topdi.  Xromosomalarni 

o‘rganish  shuni  ko‘rsatadiki,  ular  o‘rtasida  bo‘ladigan  chalkashuv 

xromosomalarning har xil qismlarida bo‘lishi mumkin emas. Morgan chalkashuv 

birligi qilib bir foyizga teng qiymatni oldi va bu qiymatni morganida deb atadi. 

Bir  foyiz  chalkashuv  bitta  morganidaga  teng.  Masalan,  kulrang  tanali  uzun 

qanotli  urg‘ochi  (VV  VV),  qora  tanali kalta qanotli erkak pashshalarni (vv vv), 

o‘zaro  chatishtirilganda  urg‘ochi  pashshalar  xromosomasida  sodir  bo‘ladigan 

chalkashuv genlarning yangi to‘plamini yuzaga chiqardi (V v va v V) va natijada 

duragaylarning  17  %  (8,5  %  dan  ikki  guruhda)  ota-onasiga  o‘xshamagan  yangi 

belgi  paydo  bo‘ladi.  Demak  V  va  V  genlar  orasidagi  masofa  17  morganidaga 

teng  ekan.  Odatda  genlar  o‘rtasidagi  masofani aniqlashda quyidagi formuladan 

foydalanadi: 

 

 



                  X 

       


•100; 

 

 



X - morganida o



lchamidagi genlar orasidagi masofa



a - xromosomalarida chalkashuv bo‘lgan birinchi guruh duragaylari soni, 

a - s 


 n 


 

45 


s - xromosomalarida chalkashuv bo‘lgan ikkinchi guruh duragaylari soni, 

n - shu tajribadagi duragaylarning soni. 

Bitta  xromosomadagi  genlarning  bir-biriga  nisbatan  qiyosiy  joylashuvini 

tasvirlovchi  chizmaga  genetik  harita  deyiladi.  Genetik  harita  tuzish  ancha 

mashaqqatli  ish  bo‘lib,  buning  uchun  tajriba  o‘tkazuvchiga  shu  organizmda 

uchraydigan bir qancha  mutant genlar ma’lum  bo‘lishi kerak va ular bilan juda 

ko‘plab  chatishtirish  ish-lari  olib  borishga  to‘g‘ri  keladi.  Genetik  jihatdan  juda 

yaxshi  o‘rganilgan  organizmlardagina  ularning  genetik  haritasi  to‘liq  tuzilgan 

(drozofila pashshasi, makkajo‘xori, neyrospora va boshqalar). 

Genetik harita har bir birikkan gen guruhlari uchun alohida tuziladi. Har bir 

xromosomadagi genlarning nomlari hamda ular orasidagi masofa morganidlarda 

belgilanib sentromeralarning joylashishi ham ko‘rsatiladi. 

Savollar: 

1. Quyidagi terminlarni tushuntiring: a) birikkan belgilar: b) birikkan belgilarning rekombinasiyasi: 

v) krossingover: g) uch genli analiz qiluvchi chatishtirish: d) xromosoma kartasi: e) genlar orasidagi 

masofa birligi (morganida) . 

2. Nima uchun genlar orasidagi masofa uzun bo‘lsa krossingover chastotasi ko‘p bo‘ladi? 

3. Кrossingoverni tushuntiradigan nazariyalarini tahlil qiling. 

 

 



 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin