Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: Boshlang’ich sinflar ona tili dasturi (“O’qish” bo’limi) va o’qish kitoblaridan foydalanib, 1-3 sinflarda o’qish tematikasini belgilang.
Badiiy asar ustida ishlashning sxematik rejasini tuzing va uni asoslang. Badiiy asar ustida ishlashning har bir bosqichi vazifalarini ayting.
Matn ustida ishlash yuzasidan o’quvchilar ko’nikmasiga qo’yilgan dastur talablarini tahlil qiling.
1-4 sinflar “O’qish kitobi”da berilgan topshiriqlarni guruhlang; o’quvchilarda matn ustida ishlash, xususan reja tuzish va qayta hikoyalash ko’nikmasini shakllantirish qay darajada amalga oshirilganligini aniqlang.
“O’qish darslarida bolalarni g’oyaviy-siyosiy tomondan tarbiyalash” yoki “O’qish darslarida o’quvchilarni axloqiy tarbiyalash” mavzusida qisqacha og’zaki axborotga tayyorlaning.
O’qish darslari ishchi rejasini izohlang.
O’qish darsiga dar ishlanmasi namunasini tuzing (2- sinf)
Matnga test tuzing.
Badiiy adabiyot nima?
Asar mazmunini tahlil qilish bosqichlarini sanang va izohlang.