Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. Tovushlar va harflar xususiyatlari bilan tanishtirish
2. Unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish
3. Jufti bor jarangli undoshlar’
4. Jufti bor jarangsiz undoshlar
5. Bo’g’in ustida ishlash
Tayanch so’zlar: Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli undoshlar, jufti bor jarangsiz undoshlar, bo’g’in, tutuq belgisi.
15-mavzu: Grаmmаtikа vа so‘z yasаlishigа оid tushunchаlаrni shаkllаntirishning mеtоdik аsоslаri.
PEJA:
1. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Ularni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar.
2. Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni.
3. Til ustida ishlsh jarayoni bosqichlari
Boshlang’ich sinflarda morfologiyadan “ot”, “sifat”, “son”, “fe’l”, “olmosh” tushunchalarini; siktaksisdan “gap”, “ega”, “kesim”, “ikkinchi darajali bo’lak”, “uyushiq bo’lak”, “undalma” kabi tushunchalarni; so’z yasalishidan “o’zak”, “qo’shimcha”, “o’zakdosh so’zlar” kabi tushunchalarni shakllantirish ustida ish olib boriladi.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish, o’quvchilar aqliy faoliyatini to’g’ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o’zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo’lishini ko’z oldiga aniq keltirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |