MAVZU: MEHNAT GIGIYeNASI VA SANOAT SANITARIYaSI
Muammo- ishlab chiqarishda ajralib chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish.
Ma’ruza rejasi:
1. Miqroiklim.
2. To’qimachilik, yengil, paxta tozalash va matbaa sanoat korxonalarida ajralib chiqadigan zararli moddalarni kishi organizmiga ta’siri.
3. Zararli moddalarning yo’l qo’ysa bo’ladigan konsentrasiyasi - YQBK (PDK).
4. Zararli moddalarni O’lchash usullari.
5. Zararli moddlarga qarshi kurash.
6. Shaxsiy himoya vositalari.
1. Miqroiklim.
Yuqori ish unumdorligida erishgan xolda, sog’lom ish sharoitlariga erishishi uchun sex havosining tezligi va normal miqroiklim sharoitlarini yaratish katta axamiyat kasb etadi.
Atmosfera havosini hajmi bo’yicha quyidagi tarkibga egadir: azot-78,08; kislorod - 20, 95; argon, neon va boshqa inert gazlar - 0,93; karbonat angidrid gazi - 0,03; boshqa gazlar - 0,01. Shu tarkibdagi havo nafas olish uchun yoqimli hisoblanadi.
Havoning ximiyaviy tarkibidan tashqari, ion tarkibi ham muhimdir. Havoda manfiy va musbat zaryadlangan ionlar mavjuddir. Ular og’ir va yengil ionlarga bo’linadi. Yaqin-yaqingacha havoda qancha manfiy ionlar ko’p bo’lsa shuncha yaxshi xisoblanardi. Oxirgi yilardagi tadqiqotlar, sexdagi manfiy va musbat ionlarning ma’lum miqdordagi mutanosibligi zarur ekanligini ko’rsatadi. Toza havoda yengil ionlar ko’p bo’lishini ko’rsatadi. Havo qancha ifloslangan bo’lsa shuncha og’ir ionlar ko’p bo’lishi kuzatiladi.
Bug’ va gazlar havo bilan aralashma xosil qiladi. Qattiq va suyuq zararchalar - dispersion sistemalar - aerozollar deb atalib ular uch xil bo’lishi mumkin:
- chang (qattiq jismlarning O’lchami 1 km dan katta)
- tutun (O’lchamlari 1 km dan kichik).
- tuman (suyuq zarrachalar O’lchami 10 km dan kichik).
Changlar to’qimachilik yengil, paxta va matbaa sanoat korxonalari uchun xarakterli zararli modda hisoblanib katta - kichikligi bo’yicha uch xil bo’ladi:
- yirik O’lchamlari 50 km dan katta bo’lgan zararachalar;
- O’rtacha kattalikdagi 50-10 mkm;
- mayda (10 mkm dan kichik).
Dostları ilə paylaş: |