4. Havodagi chang miqdorini o’lchash usullari.
Sexlarning havo muhitini sanitariya jihatdan nazorat qilish usullari quyidagilardir:
- laboratoriya usuli;
- indukasion usul;
- zudlik bilan O’lchash usuli;
- optik usul;
- elektrik usul;
- standart usul (og’irlik usuli).
Har bir usul O’z afzalliklari va kamchiliklariga ega, masalan laboratoriya usullari uzoq vaqt davom etadi, lekin aniq natijalar beradi. Indikasion usul tez bajariladi, lekin noaniq. Sexlarda gaz miqdorini zudlik bilan O’lchash kerak bo’lganda universal gaz O’lchagich UG-2 dan foydalaniladi.
Havodagi turli gaz va bug’larning (xlor, ozon, benzol, spirt va boqalar) kam miqdordagi konsentrasiyasini aniqlashda optik (fotoelektrik) kalorimetr qo’llaniladi.
Havodagi chang miqdorini aniqlash uchun eng keng qo’llaniladigan usul standart (og’irlik) usulidir.
Butun namuna olish vaqtida o’tayotgan havoning hajmi bir xil bo’lishi uchun qisqich ishlatiladi. Havoning hajmini reometr asbobi orqali o’lchanadi.
Havodagi chang konsentrasiyasi quyidagi formula bilan topiladi:
bu yerda: g1 - toza filtrning massasi, mg. Filtr maxsus O’ta ingichka toladan qilingan, markasi AFA-10, AFA-18. A- analiticheskiye, F-filtro’, A-a’rozolno’ye, 10,18 - filtrning yuzasi, sm2;
g2 - filtrning namuna olingandan keyingi massasi, mg;
v - filtr orqali so’rib olingan havoning hajmi, l/min;
t - namuna olish vaqti, min.
Dostları ilə paylaş: |