18-20-mavzular. Sifatdosh va harakat nomlaridagi egalik qo‘shimchalari. Egalik qo‘shimchali so‘zlarning imlosi. (3 soat, A2+:5 soat) Mustahkamlash. Ismlarning lug‘aviy va munosabat shakllari bo‘yicha tahlil. (1soat, A2+:2soat) Nazorat ishi. (1 soat) 21-22-mavzular. Kelishik shakllari. Bosh kelishik shakli. (2 soat, A2+:3soat) 23-24-mavzular. Qaratqich kelishigi shakli. Tushum kelishigi shakli. (2 soat, A2+:4 soat)
25-26-mavzular. Jo‘nalish kelishigi shakli. O‘rin-payt kelishigi shakli (2soat, A2+:3 soat) 27-28-mavzular. Chiqish kelishigi shakli. Ismlarning kesimga xoslovchi shakllari. (2 soat) 29-30-mavzular. Yordamchi so‘zlar. Ko‘makchilar. (2 soat) Mustahkamlash. Ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydigan qo‘shimchalar va ularning tasnifi bo‘yicha tahlil. (1soat, A2+: 2soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya: (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 – o‘qituvchi nutqi, mashq va topshiriqlarni (audio matn) tinglab tushunadi;
– matnda so‘z, iboralarni ma’nosini anglagan holda to‘g‘ri o‘qiy oladi;
– fikrini to‘g‘ri bayon qila oladi; 105-125 ta so‘zdan iborat bo‘lgan diktantni yoza oladi, imlo, tinish belgilari qoidalariga amal qiladi.
A2+ – 131-140 ta so‘zdan iborat bo‘lgan diktantni yoza oladi, imlo, tinish belgilari qoidalariga amal qiladi.
Lingvistik kompetensiya: A2 – ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydigan qo‘shimchalar va ularning tasnifi bo‘yicha tahlil qila oladi.
A2+ – ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘laydigan qo‘shimchalar va ularning tasnifi bo‘yicha morfologik tahlil qila oladi.