Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari



Yüklə 251,79 Kb.
səhifə4/4
tarix16.10.2023
ölçüsü251,79 Kb.
#130374
1   2   3   4
Презентация (2)

3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.

Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif:

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko’rsatib o’tilgan yo’llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog’liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be’ul taqsimlash usuli qo’llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g’oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag’batlantirish ko’zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o’rtasida o’tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo’l ochishi zarur bo’lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo’llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo’llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini akstiyalashtirish, bu akstiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi ham bo’lishi mumkin. 

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Yüklə 251,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin