Mulkni baholashnig tamoyillari



Yüklə 496,44 Kb.
səhifə2/3
tarix02.04.2023
ölçüsü496,44 Kb.
#124724
1   2   3
MULKNI BAHOLASHNIG TAMOYILLARI

Daromadli yondashuv

  • Daromad yondashuvi baholash obyekti qiymatini, baholash obyektidan kelgusida kutilayotgan daromadlarni yagona joriy kiymatga keltirish orkali baholshni nazarda tutadi. Daromad yondashuvidan foydalanilganda, aktiv qiymati undan foydalanish okibatida keladigan daromadlar yoki pul oqimlari yoxud tejaladigan xarajatlarning qiymati bilan belgilanadi.
  • Daromad yondashuvi quyidagi holatlar mavjud bo’lganda qo’llanilishi va uning salmog’ini ko’tarish kerak:
  • aktivning daromad keltirish mumkinligi, uning qiymatiga ta’sir ko’rsatadigan eng muhim omildir;
  • baholanayotgan aktivga nisbatan bo’lajak daromad olish summasi xamda muddatlarini ishonchli prognoz qilish mumkinligi va ayni vaqtda bozorda o’xshash analog-obyektlar soni ko’p emasligi (agar mavjud bo’lsa).
  • Daromad yondashuvida eng muxim omil investorlarning o’z sarmoyalaridan daromad/samara kutishlari bo’lib, bunda daromad olishda sarmoyalar bo’yicha aniqlangan tavakkalchilik darajalarini hisobga olishlari kerak bo’ladi.

Qiyosiy yondashuv

  • Qiyosiy yondashuv – baholanayotgan obyekt bir yoki bir necha o’xshash analoglar yordamida baholanadi.
  • Qiyosiy yondashuv deganda aktiv qiymatini baholashning baholanayotgan aktivni analog aktivlar bilan tuziladigan bitim yoki taklif narxlari haqida axborot mavjud bo’lganda shunday aktiv bilan qiyoslashga asoslangan usullari yig’indisi tushuniladi. Qiyosiy yondashuv almashtirish prinsipiga asoslanadi.
  • Qiyosiy yondashuv usullari taqqoslanuvchi baholash obyektlarining faol bozori mavjud bo’lganda samarali bo’lib, obyektning haqiqatan ham bozor qiymati haqida tasavvur beradi.
  • Qiyosiy yondashuvni quyidagi holatlar mavjud bo’lganda qo’llash va uning salmog’ini ko’tarish kerak bo’ladi:
  • baholanayotgan aktiv baholashda qo’llanilayotgan baholash bazasi nuqtai nazardan e’tiborga olish mumkin bo’lgan yaqinda tuzilgan bitimda sotilganda;
  • baholanayotgan aktiv yoki mohiyatiga ko’ra unga o’xshash aktivlar bozorda ko’plab sotilsa;
  • mohiyatiga ko’ra o’xshash aktivlar bilan yaqinda amalga oshirilgan bitimlar mavjud bo’lsa.

Yüklə 496,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin